2.Qurilishda ishlatiladigan materiallar va tabiiy tosh materiallarining asosiy turlari Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, sement, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor. Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang Keramika, Gʻisht).
Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton, Temir-beton konstruksiyalar).
Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fibrolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. Lak va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.
Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Oʻzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan.
Tabiiy tosh materiallar turli tog' jinslaridan mexanik yo'l bilan olinadi. Ulardan qurilish materiallari sifatida hamda beton, g'isht, qorishma va shu kabi sun'iy qurilish materiallari tayyorlanadigan xom ashyo tarzida keng foydalaniladi.
Tosh materiallarning fizik, mexanik va ximiyaviy ko'rsatkichlariga bog'liq bo'lgan, qurilish xossalaridan eng muhimlari materialning zichligi, pishiqlik chegarasi, sovuqbardoshligi, uzoqqa chidamliligi, ya'ni mustahkamligi va issiq o'tkazuvchanligidir. Mexanik pishiqlik marka bilan, boshqacha qilib aytganda, materialning siqilishga, egilishga va cho'zilishga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi.
Tosh materiallar quyidagicha klassifikasiyalanadi:
zichligiga ko'ra – og'ir (zichligi 1800 kg/m3 dan ziyod) va yengil (zichligi 1800 kg/m3 dan kam) materiallar;
siqilishga chidamlilik chegarasiga ko'ra – 4-1000 markaga ajratiladi; shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi 200 gacha bo'ladi; og'ir tosh materiallarning markasi 100 dan boshlanadi va ancha yuqori bo'ladi;
sovuqqa chidamlilik darajasiga ko'ra – Mrz 10 markadan Mrz 300 markagacha ajratiladi. Shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi Mrz 10 dan Mrz 25 gacha bo'ladi.
Qurilish obyektlarida mutlaqo ishlov berilmagan, dag'al ishlangan va sirti puxta silliqlangan tabiiy tosh materiallar qo'llaniladi.Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari:
Xarsangtosh – noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bulaklari - tosh devorlarga nshlatiladi va betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi;
chaqirtosh – yirikligi – 5-150 mm keladigan turli shakldagi, o'tkir qirrali mayda toshlar (toshmaydalagichlarda olinadi) – betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi, poydevor tagiga solinadi va hokazo;
shag'al – yirikligi – 5-150 mm keladigan, sirti tekis toshlar—karyerlar, daryo, dengizlar va ko'llar tubidan olinadi, beton tayyorlaganda to'ldirgich sifatida qo'shiladi, trotuar va yo'llar qurishda to'shama sifatida solinadi va hokazo;arralangan devorbop tosh – kattaligi 390x190x188 mm, 490x240x188 mm, massasi 40 kg gacha bo'lib, ohaktosh va tufdan arralab olinadi, devorlar va pardevorlar uchun ishlatiladi;
ohaktosh, tuf va gips toshdan arralab olingan bloklar – hajmi kamida 0,1 m3; devorbop material hisoblanadi;
devorlarga qoplanadigan pardoz toshlar – sirti turlicha naqshlangan koshinlar – ichki va tashqi devorlar sirtiga qoplanadi. Xarsangtosh. Massasi 20—40 kg. uzun tomoni 50 sm bo‘lgan noto‘g’ri shakldagi tog' jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlaryordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog* jinslariga ishlov berib olinadi. Cho‘kindi jinslar tarkibida giltuproq va pirit qo'shilmalari bo‘lmasligi kerak. Xarsangtoshning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa dan suvda yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo‘lmasligi kerak. Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib boton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. 27 f Shag‘al. Shag‘al cho‘kindi tog‘ jinslami elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi. Chaqiqtosh. Xarsangtoshlami 5-70 mm. (150 mm. gacha) fraksiyada maydalab, chaqiqtosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiqtoshlami olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi. Qum. Qum 0,15-5 mm. fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallarining qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori me’yorlangan bo‘lib, me’yor-dan ortig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. Shag‘al, chaqiqtosh va qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy radionuklidlar borligi haqida sertifikat bo‘lishi shart. Devor toshlari va plitalari. Devor toshlari va bloklari, asosan, tuf hamda g‘ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab layyorlanadi. Devor toshlari 390* 190* 188; 490x240* 188; 390x 190x288 mm. o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m3 kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kg/m3 kam bo‘lgan tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlaming suv shimuvchanligi 30 foizgacha, sovuqqa chidainliligi F 15. Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik, qattiqlik va sovuqqa chidamlilikka ega bo‘lgan granitsimonlar va boshqa magmatik tog‘ jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlashda, ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi. Marmar, chig‘anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi toshlar asosidagi plitalar ma’muriy bino va inshootlaming ichki bezagi uchun ishlatiladi. Bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun atmosfera muhitiga chidamli ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari, marmar kabi tosh plitalar ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm. ichki bezak plitalari qalinligi esa 1,2-4 sm. boiadi. Olmos arralar yordamida kesilgan 5-10 mm. qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolaming ichki bezagi uchun ishlatiladi. Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosidagi plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g‘itlarni saqlaydigan binolami va shu kabilar korroziyadan muhofaza etishda ishlatiladi. Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar bezak sifatidan tashqari, yedirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga 28 javob berishi kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, gneys, ohaktosh Jcabi toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm., qalinligi 4-15 sm bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Bruschatka va bqrt toshlari, asosan, zich, sovuqqa chidamli magmatik tog‘ jinslaridan me)(anizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va y o ‘l qurilishida qoplama m aterial sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 30-40 sm. eni va uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin. Tabiiy toshlarni tashish hamda saqlashda ularni mexanik, ob-havo ta’sirlaridan asrash zarur. Ayniqsa, jilolangan plitalar tashilayotganda, tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo‘lishi kerak.
Tabiiy tosh materiallari ishlatilganda quyidagi tabiiy va texnogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin: yoriqlar va g ‘ovaklarda suvning muzlashidan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlar; harorat va namlikning keskin o‘zgarishidan mikroyoriqlar hosil bo‘lishi; sizib o ‘tuvchi suv ta’sirida tosh komponentlarining yuvilishi; atmosferada mavjud SOz, C 0 2 va shu kabilar gazlar, oqava va sizot suvlar tarkibida bo‘lgan ishqor, kislota, tuz, uglevorod qoldiqlari, mineral o‘g‘itlar ta’sirida yuz beradigan kimyoviy korroziyalar va h.k.