Mundаrijа kirish


Pop tumanining eksport tarkibi (ming AQSH doll.)



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə14/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

Pop tumanining eksport tarkibi (ming AQSH doll.)

Maxsulot turi

2021- yil
yanvar-dekabr oylarida


Umumiy hajmga nisbatan,
% da


O‘sish sur’ati,
% da


Jami eksport

14 523,8

100,0

111,6

Oziq-ovqat mahsulotlari

7 289,0

50,2

96,7

Boshqa turdagi mahsulotlar

7 234,8

49,8

134,4



Manba: Pop tumani statistika bo‘limi
Kichik biznes korxonalarining tovar aylanmasi 773,5 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 58,3 % ni tashkil qildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subektlarining tovar aylanmasi 324,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 24,4 % ni tashkil qildi. Umumiy tovar aylanmasi hajmining 167,0 mlrd. so‘mi uyushmagan savdo tovar aylanmasi hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 12,6 % ga teng bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar faoliyatiga qo‘shayotgan hissalari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy sohani rivojlantirishga davlatning salmoqli ulushdagi moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari sarflanmoqda. Ijtimoiy sohalari xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, san’at va madaniyat, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport, ilmiy izlanishlar, davlat boshqaruvi, mudofaa, maishiy xizmat kabi sohalarni qamrab oladi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish mumkin emas. Chunki bu soha xodimlari mehnatning umumiy yo‘nalishi inson va jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy rivojlanishi uchun qaratilgan. 2021/2022 o‘quv yili boshida Namangan viloyatida 18 ta kollej mavjud bo‘lib, hududlar bo‘yicha eng ko‘pi Namangan shahrida (4 birlik), eng kami Chortoq tumanida (1 birlik) qayd etilgan. Pop tumanida esa 2 ta kollej faoliyat yuritmoqda. 2021/2022 o‘quv yili boshida Namangan viloyatidagi 18 ta kollejda 8,4 ming nafar o‘quvchi tahsil olmoqda, eng yuqori ko‘rsatkich Chust tumanida (1,7 ming o‘quvchi), eng kam ko‘rsatkich Chortoq tumanida (1,7 ming kishi) qayd etilgan. Mazkur davrda Pop tumanidagi kollejlarda 1400 nafar o‘quvchi taxsil omoqda.
Namangan viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshida kollejlarda 467 nafar (o‘rindoshlarsiz) o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan (2020- yilda – 89 nafar) 1,23 foizga oshgan. Pop tumanida esa 270 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Namangan viloyatida 2021/2022 o‘quv yili boshida texnikumlar soni 19 tani tashkil etdi, 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan o‘zgarmagan. Pop tumani 3 ta texnikum mavjud.
2021/2022 o‘quv yili boshida Namangan viloyatidagi texnikumlarda 7,7 ming talaba tahsil olmoqda, eng yuqori ko‘rsatkich Namangan shahrida (2,6 ming), eng past ko‘rsatkich Mingbuloq (0,2 ming) qayd etilgan). Pop tumanidagi texnikumlarda xozirgi kunda 560 nafar o‘quvchi taxsil olmoqda. 2021/2022 o‘quv yili boshida texnikumlarda 480 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan, bu o‘tgan o‘quv yiliga (133 nafar) nisbatan 1,2 barobar ko‘pdir. Hududlar kesimida eng ko‘p o‘qituvchilar Namangan shahrida – 134 nafar, eng kami – Yangi Namangan tumanida – 6 nafar qayd etildi. Pop tumanidagi mavjud 3 ta texnikumda 48 nafar ta’lim ustalari o‘z faoliyatin davom ettirmoqda.
Umumiy o‘rta ta’limning muddati 11 yil bo‘lib, uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim umumta’lim muassasalarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim uch bosqichdan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. I — IV sinflar I — IX sinflar X —XI sinflar Boshlang‘ich ta’lim Tayanch o‘rta ta’lim O‘rta ta’lim Umumta’lim muassasalarining quyidagi turlari mavjud: boshlang‘ich maktab, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat, ijod maktabi, Prezident maktabi, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat, psixik (intellektual) rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (yordamchi) maktab, maktab-internat, sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat, respublika ixtisoslashtirilgan o‘quv-ta’lim muassasasi. Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 2021/2022 o‘quv yili boshiga 730 tani tashkil etib, 2018- yilga nisbatan 35 taga ko‘paygan. Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim faoliyati davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. So‘nggi yillarda ta’limning ushbu turiga qaratilayotgan e’tibor sababli nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.


Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin