Mundаrijа kirish



Yüklə 10,75 Mb.
səhifə2/30
tarix20.10.2023
ölçüsü10,75 Mb.
#158048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tillayev Doniyor Mavrutali o`g`li (2)

Ilmiy yangiligi. Mazkur magistrlik dissertatsiya ishida quyidagi yangiliklar aniqlandi:
Pop tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning hududiy tafovutlari aniqlangan.
Rekreatsiya va turistik holati tahlil etilib, tumanning turistik holati baholangan.
Chodaksoy va Parda Tursin hududida turizmni rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Rekreatsiya geografiyasi geografiya hamda rekreologiya, tibbiyot fanlari oralig‘ida vujudga kelgan fandir. Rekreatsion geografiya - turizm va rekreatsiya iqtisodiy geografiyasi, ijtimoiy geografiya (ayniqsa, turizm va rekreatsiya geografiyasi), tibbiy geografiya, biogeografiya, fizik geografiya kesishmasida vujudga kelgan geografiyaning ilmiy yo`nalishi bo`lib, u yerlarning hududiy qonuniyatlari va xususiyatlarini o`rganadi. odamlarning jismoniy va ma'naviy kuchlarni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati. Mazkur magistlik dissertatsiya ishida Parkent tumani rekreatsion resurslari i yoritilib berilgan.
Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Rekreatsiya geografiyasi XX asrning ikkinchi yarmidan yaʼni 60-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Mazkur fanning rivojlanishida I.P.Gerasimov, V.S.Preobrajenskiy, N.S.Mironenko, I.T. Tverdoxlebov, Yu.А.Vedenin, I.V.Zorin, B.B.Rodoman, P.G.Tsarfis, D.V.Nikolaenko va boshqalar izlanishlar olib bordi.
“Rekreatsiya” tushunchasi xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan chuqur oʼrganilgan. Rekreatsiya (tiklash, oʼrnini toʼldirish) ning qamrovi katta boʼlib, odamning mehnat qilgandan soʼng dam olishi, sogʼligʼini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi maʼnosida ishlatiladi. Rekreatsiya (polyakcha rekreacja – dam olish, lotincha rekreatio – tiklanish), bu: 1) tanaffus, bayramlar, taʼtillar; 2) dam olish inshooti; 3) dam olish, insonning mehnat jarayonida sarflangan kuchini qayta tiklash maʼnolarini anglatadi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;
Mazkur magistlik dissertatsiya ishini tayyorlashda tarixiy, statistik, taqqoslash, hududiy tahlil, dala tadqiqot, GIS texnologiyalari kartografiya, ekstrapolyatsiya, ekspert baholash, anketa-so‘rov kabi metodlardan foydalaniladi. Hududlardagi tibbiy-geografik vaziyatning o’ziga xosligini tadqiq etishda geografik taqqoslash usulining roli ham katta bo’ldi. Jumladan, Pop tumanining viloyatdagi boshqa shahar va tumanlarda aholi salomatligi borasidagi tafovutlar hamda ularni yechish yo’llari geografik taqqoslash usuli yordamida amalga oshirildi. Dissertatsiyada tarixiy metoddan ham foydalanilgan.

Yüklə 10,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin