1.4. Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi.
Bunday qurilmalar yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha qator parallel gofrirlangan plastinalardan tuzilgan. Plastinalar orasida hosil qilingan kanallar ikki guruxga bo`linadi: Birinchi gurux kanallardan issiqlik tashuvchi, ikkinchisidan esa issiqlik qabul qiluvchi agent harakat qiladi. Plastinalar qo`zg’aluvchi va qo`zg’almas plitalar orasida vintlar yordamida siqiladi. Ushbu qurilmaning afzallik tomoni shundaki, plastina yupqa (d=1-1,5mm) listdan tayyorlanganligi, oqimlar tezligining kattaligi sababli issiqlik o`tkazish koeffitsienti katta qiymatga ega.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmaining umumiy ko`rinishi 9 - rasmda ko`rsatilgan bo`lib, unda isitgich sxemasi (a), isitgich plastinasining tuzilishi (b) tasvirlangan. Qurilma juft plastinalar 1, tok plastinalar 2, issiqlik tashuvchi agentlarning kirish va chiqish shtutserlari 3, 4, (I - suyuqlik uchun); shtutserlar 5, 6 (II - suyuqlik uchun); qo`zg’almas plita 7, harakatlanuvchi plita 8, tortish vinti 9, zichlagich 1, 4; suyuqlik teshiklari 2, 3 (I - suyuqlik uchun); teshiklar 5, 6 (II - suyuqlik uchun).
Kamchiligi: qurilmaning yuqori bosimda ishlatish va plastinalarni ta`mirlagach, ular orasida tegishli zichlikni ta`minlash imkoniyati yo`q.
9-rasm. Plastinali isitkich:
a) isitkich sxemasi; b) isitkich plastinaning tuzilishi.
10-rasm. Пластина жойлаштирилган графитли иссиқлик
алмашиниш қурилмаси
11-rasm. Штампланган пластинали иссиқлик алмашиниш қурилмаси:
а) пакетларни йиғиш чизмаси; б) – йиғилган иссиқлик алмашиниш қурилмаси
12-rasm. НЭЛ - типидаги пластинали иссиқлик алмашиниш қурилмаси учун овалсимон штампланган лист.
13-rasm. Штампланган пластинали иссиқлик алмашиниш қурилмаси.
Dostları ilə paylaş: |