Mundarija kurs ishi yozishga tayyorgarlik



Yüklə 26,62 Kb.
səhifə3/7
tarix06.08.2023
ölçüsü26,62 Kb.
#138781
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishini yozish usullari va yollari

1.5. Kurs ishi tuzilishi
Kurs ishining tuzilishi umumiy qoida sifatida o‘rnatilgan kirish, asosiy bo‘lim, xulosa, statistik ma’lumotlar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topadi. Kurs ishining barcha qismlari bir biri bilan o‘zaro boglangan va mavzuni ochib berishga xizmat qilishi talab etiladi.
Mavzuga tegishli amaliy ma’lumotlarni to‘plash, tartibga keltirish, tasniflash, tahlil kilish va umumlashtirish jarayonida kurs ishining rejasi takomillashtirilishi yoki uning yo‘nalishi o‘zgartirilishi mumkin.
2. KURS ISHIGA QO‘YILGAN ASOSIY TALABLAR
2.1. Kurs ishining hajmi va formati
Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o‘rtacha 32-36 bet, qo‘l yozmada 45-50 bet bo‘lishi kerak.
Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda o‘rtacha 32-36 bet: qo‘l yozmada 45-50 bet bo‘lishi kerak.
Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida bandlarga: ya’ni paragraflarga bo‘linadi. Bu bandlarning nomi qisqacha bo‘lib: mavzuning mazmuniga mos tushishi va matnga muvofiq tarzda bosh harflar bilan yozilishi lozim. Betlar arab raqamlari bilan pastki qismning o‘rtasida qo‘yilishi kerak.
Kurs ishi A4 (210 x 297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval oraliqda, 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi hoshiyalar o‘lchamiga rioya qilinishi lozim:
Chap hoshiya – 30 mm. O‘ng hoshiya – 15 mm. Pastki hoshiya – 20 mm. Yuqori hoshiya – 20 mm.
Kurs ishi teztikkichga (skoroshivatelga) tikiladi yoki oddiy muqova qilinadi va titul varag'i (1– ilova) uning ustiga yelimlanadi.
Kurs ishini raqamlash reja yozilgan varog‘idan boshlanib, oxirgi betgacha hamma varag‘larni qamrab olishi lozim. Reja yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo‘yilmaydi.
Kurs ishidagi barcha grafiklar, chizmalar rasmlar, diagrammalar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yozilishi va raqamlab chiqilishi lozim.
Rejada kurs ishining barcha bandlari, ya’ni kirish, asosiy qism: paragraflar, xulosa va takliflar keltiriladi.

Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin