2.2. Kurs ishining tarkibi Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim:
– titul varog‘i
– reja
– kirish qismi
– asosiy qism
– xulosa va takliflar
– foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
– ilovalar
2.2.1. Kirish Kirish qismining hajmi 3-5 betdan oshmasligi lozim. Unda nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi: maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
2.2.2. Asosiy qism Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishining umumiy hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismi paragraflarda berilishi va paragraflar soni kamida besh yoki oltita bo‘lishi lozim.
Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi: statistik ma’lumotlar tahlili natijalari ochib beriladi.
2.2.3. Xulosa va takliflar Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 3-6 bet atrofida bo‘lib, unda talaba ilmiy tadqiqotning xulosa va takliflarini bayon etadi.
Kurs ishining oxirida mavzuga taalluqli so‘zlarning (20-30 ta) izohli ma’nosi berilishi maqsadga muvofiq.
2.2.4. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxatini keltiradi.
2.2.5. Ilovalar ro‘yxati llovalarda asosiy matnda oqishni qiyinlashtiradigan jadvallar grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Talaba tomonidan nashr etilgan ishlar ham ilovada berilishi mumkin.
Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib chiqilgan jadvallar grafiklar, rasmlar slayt diagrammalar va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim. Sahifaning atroflariga bezakli chiziqlar qilinishi mumkin.
Mundarijada kurs ishining barcha qismlari, ya’ni kirish: bob yoki bo‘limlar, paragraflar xulosa: foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar joylashgan sahifa raqamlari bilan birgalikda keltiriladi.