Mundarija kurs ishi yozishga tayyorgarlik



Yüklə 26,62 Kb.
səhifə4/7
tarix06.08.2023
ölçüsü26,62 Kb.
#138781
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishini yozish usullari va yollari

2.2. Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim:
– titul varog‘i
– reja
– kirish qismi
asosiy qism
– xulosa va takliflar
– foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
ilovalar
2.2.1. Kirish
Kirish qismining hajmi 3-5 betdan oshmasligi lozim. Unda nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi: maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
2.2.2. Asosiy qism
Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishining umumiy hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismi paragraflarda berilishi va paragraflar soni kamida besh yoki oltita bo‘lishi lozim.
Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi: statistik ma’lumotlar tahlili natijalari ochib beriladi.


2.2.3. Xulosa va takliflar
Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 3-6 bet atrofida bo‘lib, unda talaba ilmiy tadqiqotning xulosa va takliflarini bayon etadi.
Kurs ishining oxirida mavzuga taalluqli so‘zlarning (20-30 ta) izohli ma’nosi berilishi maqsadga muvofiq.
2.2.4. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxatini keltiradi.
2.2.5. Ilovalar ro‘yxati
llovalarda asosiy matnda oqishni qiyinlashtiradigan jadvallar grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Talaba tomonidan nashr etilgan ishlar ham ilovada berilishi mumkin.
Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib chiqilgan jadvallar grafiklar, rasmlar slayt diagrammalar va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim. Sahifaning atroflariga bezakli chiziqlar qilinishi mumkin.
Mundarijada kurs ishining barcha qismlari, ya’ni kirish: bob yoki bo‘limlar, paragraflar xulosa: foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar joylashgan sahifa raqamlari bilan birgalikda keltiriladi.

Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin