AVTOMATLASHTIRISH QURILMASINING STRUKTURA VA PRINSIPIAL SXEMASI TAVSIFI VA NAZORAT QILINUVCHI VA SOZLANVCHI PARAMETRLARNI ILMIY TAHLIL
Kurs loyihasi
Avtomatlashtirish sistemalarida bosim o’lchash qurilmalarini tahlil qilish. TRASE MOODE dasturida loyihalash
List
Massa
Masshtab
List
№ hujjat
Imzo
Sana
1:1
Bajardi:
Abdumutalibov J
DL. rahbari:
Asranov X
Kaf. Mudiri:
Yusupov A
List
Listlar
Avtomatlashtirish qurilmasining struktura va prinsipial sxemasi tavsifi va nazorat qilinuvchi va sozlanvchi parametrlarni ilmiy tahlil
AndMITJICHAB338-19
Strukturaviy sxema - bu ob’ektning elementar birliklari va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘plami, grafik model turlaridan biri hisoblanadi. Elementar bog‘lanish deganda elementar funktsiyani amalga oshiradigan ob’ektning bir qismi, boshqaruv tizimi va boshqalar tushuniladi.
Elementar bog‘lanishlar to‘rtburchaklar bilan, ular orasidagi bog‘lanishlar esa bo‘g‘inning harakat yo‘nalishini ko‘rsatadigan o‘qlar bilan tasvirlanadi.
Bizning jarayonda TPA uchun quyidagicha struktura sxema tuzib olamiz.
T exnologik jarayonning struktura sxemasi.
Avt. Struktura va printspial sxemasi, rost, naz. qilinadigan va sig.gan par.ni ilmiy tahlili.
List
DEFORMATSION (PRUJINALI) MANOMETRLAR Deformatsion (prujinali) manometrlarning ishlashi moddaning о'lchanayotgan bosimi bilan sezgir elementlar deformatsiyalanishi (egilishi) natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Chiziqli, burchak ko'rinishidagi deformatsiyalar asbobning ko'rsatuvchi yoki qayd etuvchi qismiga uzatiladi. Shu bilan bir qatorda bu o'zgarish masofaga uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik signalga aylantirilishi mumkin.
Bu manometrlarda sezgir element sifatida bir va ko'p o'ramli prujinalar, egiluvchan membranalar va silfonlardan foydalaniladi
Bir va ko'p o'ramli manometrlarda o'lchanayotgan bosim trubkaning (prujinaning) qo'zg'almas qismi orqali uning ichki yuzasiga uzatiladi. Prujinaning ikkinchi uchi esa kavsharlangan bo'lib, ko'rsatish sistemasi bilan ulanadi. Prujinalar latun va boshqa mis qotishmalaridan tayyorlanadi. Yuqori bosimlarni o'lchash uchun esa ular xromel-nikelli po'latlardan tayyorlanadi. Prujinaning ko'ndalang kesimi ellips ko'rinishida bo'lib, uning katta o'qi prujina o'ramlari yuzasiga perpendikulyardir.
Bosim oshishi bilan prujinaning ko'ndalang kesimi aylana shaklini egallashga intilib, ellipsning kichik o'qi kattalashadi va uning burilish burchagi kamayadi (kichrayadi). Prujinali manometrning shkalasi bir xil o'lchamda bo'lgani uchun, prujina berilayotgan kuchlanish va deformatsiya oralig'ida proporsional holatda ishlaydi. Bir o'ramli prujina erkin uchining qo'zg'alishi 5...8 mm dan oshmaydi. Shuning uchun manometrlarda ko'rsatgichning burilish burchagini oshirish maqsadida tishli yoki richagli uzatish mexanizmi qo'llaniladi.
Deformatsion (prujinali) manometrlarning sezgir elementlari.
Bir o'ramli prujinali manometrlar namunaviy, nazorat qiluvchi va texnik asboblar sifatida tayyorlanadi. Aniqlik toifa (klass) lari 0,2 dan 4,0 gacha bo'lib, 100 kPa dan ... 1000 MPa gacha o'lchash chegarasiga ega.
Ko'p o'ramli trubkali prujina ketma - ket ulangan bir nechta bir o'ramli prujinalardan tashkil topgan bo'lib, shuning hisobiga erkin uchi ma'lum miqdorda ko'proq qo'zg'alib, qisman kuchlanish hosil qiladi. Shuning uchun ko'p o'ramli prujinalar qayd qiluvchi manometrlarda keng qo'llaniladi. Keyingi paytlarda yuqori o'lchash chegarasi 160 MPa ga teng bo'lgan manometrlar ishlab chiqarilmoqda.
Avt. Struktura va printspial sxemasi, rost, naz. qilinadigan va sig.gan par.ni ilmiy tahlili.