Мундарижа



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/13
tarix31.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#91720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bakirova Madina oxirgisi

KIRISH


Qushlar – pat va parlar bilan qoplangan gomoyoterm amniotalar bo’lib, ularning oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Bir qator morfologik, anatomik belgilari bilan o’zgalarning bevosita ajdodlariga, yani sudralib yuruvchilarga o’xshash. Bu o’xshashlik keyingi oyoqlarining barmoqlarida shox tangachalarning borligi bilan, tumshug`ini shox qoplamini bo’lishi va teri bezlarining bo’lmasligida, terini quruq bo’lishida ko’zga yaqqol namoyon bo’ladi. Qushlarning miya qutisi diopsid tipda. Ammo ustki yoy redukstiyalangan, ensa bo’rtmasi bitta bo’ladi. Yana sudralib yuruvchi- lardagidek suyaklar ham mavjud Oyoqlarida interkanal va intertarzal bo’g`imlar xosil bo’lgan. Qovurg`alarida ilmoqsimon o’simtalari bor. Yurakdan arterial qon o’ng aorta yoyi orqali chiqadi. Periferik qon aylanish sistemasi reptiliyalarnikiga yaqin. Ayirish sistemasining tuzilishi va embrional rivojlanishida ham o’xshash jihatlari bor.1
Ammo, evolyutsiya davomida ayrim qayta hosil bo’lgan morfologik belgilari qushlarning deyarli barcha organlar sistemasini o’zgartirgan va organizmda fiziologik jarayonlarning yuqori darajada borilishi, jadallashishini taminlagan. Natijada hayot faoliyatining umumiy darajasi kuchaygan va shu asosda havoni egallash, uchish uchun keng, qulay imkoniyat yaratilgan. Xuddi shunday qushlarda yer yuzasida yurish, daraxtlar uchida yurish, saqlanish va bir qancha turlarda esa suvda, uning yuzida harakatlanish ham saqlangan. Qushlarning hatti – harakatlari ancha murakkablashgan, takomillashgan, xilma – xillashgan, tur ichidagi o’zaro munosabatlar va muhit bilan aloqadorlik qilish ham tarkib topgan.
Qushlarni sudralib yuruvchilardan ajralib turuvchi morfologik va boshqa xususiy belgilari ham ko’p, turlicha.
Oldingi oyoqlarni qanotga aylanishi ular skeletida, muskul tizimida, yelka kamarida ancha yangi tizimlarni paydo qilgan. Ayni holda orqa oyoqlari va chanoq kamari skeleti, muskullar orasidagi o’zgarishlar yerda yurish, suvda suzish, sho’ng`ish uchun imkon beradi. Suyaklarning pnevmatizastiyalanishi (g`ovakligi, o’zida havoni saqlashi) ularni mustahkam bo’lishiga olib kelgan. Umurtqalarning geterostel tipdaligi tananing bo’yin qismi, boshini harakatchan bo’lishini keskin oshirgan. Sezgi organlari – eshitish, ko’rishning funkstional ahamiyati kuchaygan. Bosh miyaning progressiv rivojlanishi fazoda mo’ljal olishni imkonini kengaytirgan, etologik xususiyatlarni jadallashtirgan, chunonchi individual tajriba rolini oshishiga olib kelgan, shu asosda murakkab shartli reflekslar paydo bo’lgan. Tumshuqning funkstiyasi kuchaygan, qushlarda tishlar redukstiyalangan bo’lsa ham, oziqaviy ixtisoslashish turli – tuman tus olgan va istemol qilinadigan oziqalar spektrini kengaytirgan.
O’z navbatida ovqat hazm qilish sibelasida yangi, katta tuzilishlar – mus-kulli oshqozonning alohidalanishi, ichakning uzunlashishi va boshqa xossa-lar ovqatni hazm qilishni ancha yaxshilagan. O’pka va havo xaltachalari, ular o’rtasidagi munosabatlar nafas olishni jadallashtirgan. Katta va kichik qon aylanish doiralarining to’liq ajralishi bilan xujayra, to’qima organlarning kislorod, oziqa moddalari bilan taminlanishi va is gazi parchalanishi mahsulotlarini ayirish yaxshilangan.2
Nafas olish, qon aylanishi va ovqat hazm qilishni kuchayishi oqibatida moddalar almashinuvi ortgan, tanada hosil qilingan issiqlikni saqlash, uni chiqarishni tartibga keltiruvchi fizik va kimyoviy termoregulyastiya mexa- nizmlari shakllangan. Natijada qushlarning tashqi muhit temperaturasiga nisbatan ekologik valentligi yuqori bo’lgan. Uya qurish, tuxumni bosishi, jo’jalarni oziqlantirishda ota – ona qushlarning roli ko’paygan. Nasl uchun qayg`urishning kuchayishi ontogenezning boshlang`ich etaplarini davom etish muddatlari bir muncha qisqargan, embrional o’lish darajasi kamaygan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin