II.BOB. TOVIQSIMONLAR , ASOSIY TURLARINNG HAYOTI VA TARQALISHI
2.1.Bedana - Coturni coturnika
Bedona tovuqsimonlar turkumidagi eng kichik qush. Uning vazni 73 – 134 gramm keladi. Deyarli erda yashaydi. Onda – sonda to’satdan vaziyat bilan bog`liq holda birdan uchadi. U ko’pincha o’t – o’lanlar orasida yashirinadi, oziqlanadi. Ko’rinishi bilan kichik tovuqchani eslatadi. Dumi qisqa. Patlarining rangida qo’ng`ir, qizg`ish va kremsimon tuslar ko’p bo’ladi. Ular ko’ndalang yo’lli va dog`lar shaklida namoyon. Tomog`ida qizg`ish yoxud qo’ng`ir – kulrang dog`i bor. Tumshug`i tiniq shoxsimon rangda. Oyoqlari biroz qoramtir tusda bo’ladi. urg`ochisi bo’rroq, uncha tiniq emas. Xavf tug`ilsa yugurib, qochib qoladi, kam hollarda shovqin chiqarib uchadi. Tez uchadi. Uning sayrashi, tovushi: ,patpaloq, vovoq, patpaloq” tarzida eshitiladi. Bedonaning areali brnecha qismdan iborat. Asosan Yevroosiyo bo’lib Bri- taniya orollaridan to Mongoliya, Yaponiya va Koreyagacha bo’lgan xududda tarqalgan. Qozog`iston va O’rta Osiyodagi mamlakatlarda ham uchraydi. Bu region uchun bu qush uya qiluvchi, uchib o’tishda uchrovchi va qisman
qishlovchi tur hisoblanadi.
O’zbekistonda tekisliklar va tog`larda tarqalgan. Cho’lda uya qilmaydi. Uni uya qilish joyi asosan tog` va tog`oldi rayonlari hisoblanadi. Vertikal tar- qalish O’zbekistonda dengiz satxidan 1600 – 1800, M, eng yuqorisi to 2700 – 3000 m gacha boradi.
Bedonaning soni regionda har xil. Cho’l va baland tog`larda kamroq, daryo bo’ylarida, tog`oldi hududlarda esa ko’proq sonli bo’ladi. Qulayroq yerlarda 1 km. da 24 tani, noqulay bo’lsa unda 5 – 16 tani tashkil etadi. Masalan: Tosh- kent vohasida uni soni 1 km. da 20 taga Qizilqumda esa 9 taga teng keladi (Rustamov, 2007).
Bedonaning ko’p omillarga, jumladan ob – havoga ham bog`liq. Kutil- magan sovuq, kuchli yomg`ir ularni o’limga etadi.
Bedonaning dushmanlari ham ancha. Ularga, yirtqichlar (sutemizuvchilar, qushlar), reptiliyalar (echkemar, turli ilonlar) tashlanadi, ovlaydi. O’t o’ri- lishi, bug`doy o’rimida ham ko’p bedona nobud bo’ladi.
Bedonaning baxorgi migrastiyasi martning uchinchi dekadasidan boshlab aprel, maygacha davom etadi. Kuzgi migrastiyasi esa ancha yaxshi namoyon bo’lib,uni avgustning o’rtalaridan to noyabrgacha kuzatsa bo’ladi.
Bedonalar tropik Afrikada (to Ekvotorgacha), Arabiston va Xindistonda qishlaydi. Kamroq bedonalar o’rta Osiyoda (Turkmaniston, O’zbekiston, To- jokiston va boshq) ham qishlash qayd qilingan.
Bedona poligam tur xisoblanadi. Uning erkagi to’g`ri kelgan urg`ochisi bi- lan qo’shiladi. U deyarli juft hosil qilmaydi.
O’rta Osiyo past tekisliklarida bedonaning sayrashi aprelning o’rtalaridan boshlab eshitish mumkin. Shunda erkagini tovushini eshitgan urg`ochilari unga tomon keladi va – erkagi ular bilan qo’shilishi mumkin.
Urchish davri ancha cho’ziq. Bunga ko’p omillar tasiri bor. Yani gonadalar rivojidagi notekislik, ayrim qushlarni takror uya qurishi, va boshqalarga bog`liq bo’ladi. Aprelning oxiridan to avgustgacha – tuxumli uyalari topil-gan (Rustamov, 2007).
Bir uyasidagi tuxum soni 7 – 14 ta o’rtacha 9 taga teng. Tuxumlarning o’lchamlari: 26,0 – 28,0 x 21,0 – 23,0 mm. Tuxum bosish davri 15 – 20 kun bo’ladi. Tuxumdan chiqqan jo’jalari to 50 kungacha ota – onasi bilan birga bo’ladi. Keyin tarqalib ketadi.
Jo’jalarning o’sishi yoz davomida ro’y berib, uni ularni vazni, o’zgarishi- dan ham bilib olsa bo’ladi. Chunonchi: adabiyotlarda bedona jo’jalarini vazni iyulda (Olma – otada) 38 – 80gr, avgust oxirida esa 40 – 100gr, oktyabrda 100 – 118gr kelgani aytilgan (Rustamov, 2007). Jo’jalari 50 kunlik vaqtida kontur patlar bilan yaxshi qoplangan bo’ladi. shu vaqtdan boshlab ular yaxshi uchadilar.
Bedonalarda tulash hodisasi juda ham cho’zilgan, notekis ro’y beradi. Jo’- ja patlarini birinch almashinishini – kuzda ro’y beradi. Katta yoshli qush-larda har yili tulash yunning ikkinchi yarmidan boshlanadi.
Bedonalar yoz – kuz davrida ko’proq o’simlik oziqani yeydi. Hayvonlarni kam yeydi. Yem bedonalar mayda xasharotlar, qurt, lichinkalar g`umbak bilan oziq-lanadi. Umuman oziqa spektrida urug`lar, o’simlik qismlari ustundir. Bedo-nalarni faol bo’lishi ko’proq ertangi vokechki soatlarga to’g`ri keladi. Kun-ning issiq vaqtida dam oladi.
O’rta Osiyo, O’zbekistonda o’tmishda bedonalar sanoat miqyosida ov obekti bo’lgan. Bir ovchi kun davomida 50 tasini ovlagan. Hozirgi davrda u sport ovi obekti bo’lib qoldi. Bedonani uyada, qafasda ham saqlaydilar. Sayroqi dekorotiv qush hisoblanadi. ,,Bedonalar jangi” ko’rinishida ham bu qush malum ahamiyatga ega. Yana bedonalar zarakunanda hasharotlarni ovlab bizga ancha foyda keltirashini ham etiborda saqlash lozim. Uni ovlash mumkin. Ammo bu ish ilmiy asosga ega norma, qoidalar orqali amalga oshirish maq-sadga muvofiq.