Mundarijaxulosa


I.1.Amir temur davlat boshqaruvi



Yüklə 58,14 Kb.
səhifə2/9
tarix19.05.2023
ölçüsü58,14 Kb.
#117128
1   2   3   4   5   6   7   8   9
666 temuriylar davlati

I.1.Amir temur davlat boshqaruvi
1.1. Amir temur sharq mamlakatlarida adolat timsoli sifatida
1.2. Davlatni boshqarishda adolat mezonlarining qatiyligi
1.3. Temurda vatanparvarlik goyaning ifodasi
II. Temur tuzuklari asarining bosh g`oyasi
2.1. Temur tuzuklarida adolat g'oyasi
2.2. Temur tuzuklarida vatanparvarlik
2.3. Temur tuzuklarid davlat tamoyillari
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyot.


KIRISH
Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma'naviyati o'zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta'siri bilan xalqimiz tarixida alohida o'rin tutadi.
O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o'zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko'plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to'g'risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa Prezidentimizning «1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qilish to'g'risida»gi farmonlari qabul qilindi. 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil qilish xususida, «Amir Temur» ordenini ta'sis etish to'g'risida farmonlar chiqdi. YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng
nishonlandi. 1996 yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta'lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya o'tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o'rniga yuksak baho berildi. «Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqei tutmaydi.
U o'z poytaxti bo'lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy va ilmiy markazlaridan biriga aylantirdi. Bu ulug' zot qurdirgan me'morchilik va xalq san'atining javohirlari yanglig' bugungacha qad ko'tarib turgan osori atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib kelyapti. Sohibqiron zamonasining ajoyib diplomati, davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishi va iqtisodiy aloqalar rivojlanishining tarafdori sifatida ham mashhur edi. U olimlar va hokimlar, me'morlar va shoirlarning buyuk homiysi yanglig' dong chiqargan».
Bugungi kunda demokratik huquqiy davlat qurayotgan xalqimiz Vatanimiz tarixida huquqiy davlat haqidagi tasavvur va qarashlarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi, uning yuridik manbalari, dunyoviy huquq va qonunchilik masalalarini ham bilishni istaydi, albatta. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Temur tuzuklarini tarixiy-huquqiy tadqiq etish alohida dolzarblik kasb etadi. Zero, o'tmish merosimiz, uning boy davlatchilik va huquqiy asoslari, xususan, Amir Temur davrida davlat va huquq borasida qo'llanilgan adolatli tamoyillar bugungi kunda mustaqilligimizga ham xizmat qilib, shaxsning yuksak siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishda ko'maklashmoqda. Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi asosiy tarixiy manbalar benihoya ko'p va xilma-xil bo'lib, bu uning nomi, jahon tarixidagi roli beqiyos ekanligi va g'oyat mashhurligidan dalolat beradi.
Amir Temur, Temuriylar davlati, uning tashkil topishi masalalariga bag'ishlangan, chet ellarda va Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy tahlili ham bir qator olimlarimizning kitoblarida yoritilgan. «Temur tuzuklari» ilmiy jamoatchilikni 600 yil mobaynida qiziqtirib kelmoqda.



Yüklə 58,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin