MundarijaXULOSA.
Yakuniy xulosam o`rnida shuni aytishimki mumkinki Amir Temurni quyidagi„Buyuk shaxsning milliy ma`naviyatimizdagi tutgan o`rni.” haqida quyidagicha fikr bildirishimiz mumkin ,ya`ni Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to`lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo`lsa-da, bayon qilib bo`lmaydi. Amir Temurning tarixi ko`p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To`g`risi, buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki ko`hna tariximiz, ulug` ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo`ygan kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo`shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag`ishlab juda ko`p ko`lamdor kitoblar yozib, o`z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o`z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo`lsinki, shu kunlarga kelib ko`p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o`rganish imkoniyatiga endi ega bo`lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to`g`risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig`atoy ulusi og`ir ijtimoiy-siyosiy bo`hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o`zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo`ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag`an o`rtasida kuchli bo`ldi. O`zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo`g`ullar istilosi ostida qolgan o`sha og`ir sharoit ikki iste`dodli amirni Amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo`la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va oʻz madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug`bek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida
Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.
Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg`or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa`y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad ko`targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning ba`zilari hozir ham shaharlarimizga ko`rk bo`lib turibdi. Ta`bir joiz bo`lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Amir Temur o`z yurti Turkistonnigina emas, balki qo`shib olingan yurtlarni ham obod qildi..
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning ko`p yaxshi sifatlari va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli pand-nasihatlari va o`gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo`ladi. Bular el-yurt va fuqaroning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo`shnichilik aqoidlariga rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi hayotiy o`gitlaridir.