1-MAVZU. KIRISH. "SHARQSHUNOSLIKKA KIRISH" FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI, OB’EKTI, PREDMETI, NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI.
“Sharqshunoslikka kirish” fani bo‘lg‘usi sharqshunos mutaxassislar tayyorlash uchun o‘ta muhim sanaladi.
Hozirda dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida Sharqshunoslik (Orentalistika) yo‘nalishi va uning tarmoqlarini fan sifatida o‘qitish ikki asrdan oshib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri ushbu yo‘nalish dunyo mamlakatlarini sharq mamlakatlari bilan o‘zaro bog‘lab turishda iqtisodiy, madaniy, ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vositasiga aylangan. Bu muhim jarayonda sharqshunos mutaxassislarning o‘rni o‘zgachadir.
Fanni o‘qitishdan maqsad ilmi toliblarga kelgusida egallaydigan sohalarining ahamiyatini anglab yetishlari, uning o‘zak yo‘nalishlarini bilib olishlari uchun ko‘mak berishdan iborat. Shuningdek, sharqshunoslikning muhim tarmoqlarini bilish va ular ichida o‘zlari o‘zlashtirayotgan yo‘nalishning o‘rnini anglab yetishdir.
“Sharqshunoslikka kirish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr - sharqshunoslik, filologiya, turkologiya va uning tarkibiy qismlarini bilishi, o‘rganayotgan yo‘nalishning muhim sohalarini ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirishi hamda o‘zlashtirayotgan sohaning yuzaga kelishi va tarixiy takomili, o‘rganilayotgan mutaxassislikning taraqqiyot bosqichlarini bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak. O‘quv-uslubiy majmuada ana shu masalalarning barini tugal qamrab olishga harakat qilindi. Umidimiz, ushbu majmua ushbu kurs bo‘yicha saboq berayotgan mutaxassis va ilmi toliblarlar uchun yetakchi qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |