Sharqshunoslikka kirish


O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 20,07 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,07 Kb.
#35735
1   2   3   4
1-mavzu

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Hozirda dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida Sharqshunoslik (Orentalistika) yo‘nalishi va uning tarmoqlari fan sifatida o‘qitilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ushbu yo‘nalish dunyo mamlakatlarini sharq mamlakatlari bilan o‘zaro bog‘lab turishda iqtisodiy, madaniy, ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vositasiga aylangan. Bu muhim jarayonda sharqshunos mutaxassislarning o‘rni o‘zgachadir.

Mazkur turk va uyg‘ur filologiyasini o‘zlashtirayotgan 5220100 – Filologiya (turk va uyg‘ur tili) yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan.

Fanni o‘qitishdan maqsad – ilmi toliblarga kelgusida egallaydigan sohalarining ahamiyatini anglab yetishlari, uning o‘zak yo‘nalishlarini bilib olishlari uchun ko‘mak berishdan iborat.

Fanning vazifasi – sharqshunoslikning muhim tarmoqlarini bilish va ular ichida o‘zlari o‘zlashtirayotgan yo‘nalishning o‘rnini anglab yetishdir.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

“Sharqshunoslikka kirish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:



  • sharqshunoslik, filologiya, turkologiya va uning tarkibiy qismlarini bilishi kerak;

  • o‘rganayotgan yo‘nalishning muhim sohalarini ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;

  • o‘zlashtirayotgan sohaning yuzaga kelishi va tarixiy takomili; o‘rganilayotgan mutaxassislikning taraqqiyot bosqichlarini bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Yüklə 20,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin