Sharqshunoslikka kirish


Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni



Yüklə 20,07 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,07 Kb.
#35735
1   2   3   4
1-mavzu


Asosiy qism


Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Kirish suhbati. “Sharqshunoslikka kirish” fanining maqsad va vazifalari.

Sharqshunoslik - fan sifatida. Sharqshunoslikning yuzaga kelishi va taraqqiyot bosqichlari.

Sharqshunoslikning muhim tarmoqlari. Arabshunoslik. Eronshunoslik. Vetnamshunoslik. Hindshunoslik. Xitoyshunoslik. Koreysshunoslik. Malayshunoslik. Indonezshunoslik. Semitologiya. Mo‘g‘ulshunoslik. Tibetshunoslik. Turkshunoslik.

Sharqshunoslikning o‘quv va ilmiy markazalari. Dunyoning yetakchi sharqshunoslik maktablari. Sharq xalqlariga tegishli qo‘lyozmalar saqlanadigan yirik qo‘lyozma fondlari. Dovruqli sharqshunoslar. Sharqshunoslikda o‘z o‘rniga ega nashr va saytlar.

O‘zbekiston sharqshunosligi. Markaziy Osiyoda sharqshunoslikning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omilar. Asarlari bizga qadar yetib kelgan ilk sharqshunoslar. O‘zbekistondagi sharqshunoslik markazlari va yetakchi sharqshunoslar. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi.

Manbashunoslik sharqshunoslikning asos yo‘nalishi sifatida. Manbashunoslik tushunchasi. Manbashunoslikning sohalari. Tarix va adabiyot birligi masalasi. Sharq manbashunosligining kerakli yo‘nalishlari.
Sharqshunoslik (G‘arbdagi “orientalistika” deb yuritiladi) – Sharq xalqlarining tarixi, tili, adabiyoti, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi, yozma yodgorliklari o‘rganuvchi fanlarning yig‘idisi.

Arabshunoslik (G‘arbda “arabistika” deb ataladi) – dunyodagi arab mamlakatlari xalqlarining tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi, yozma obidalarini o‘rganuvchi soha. Sharqshunoslikning yetakchi va taraqqiy etgan tarmoqlaridan biri.

Hindshunoslik (G‘arbda “Indologiya” yoki “indianistika”) - Janubiy Osiyoda joylashgan Hindiston mamlakatida yashovchi xalqlarining tili, adabiyoti, tarixi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi o‘rgauvchi sharqshunoslikning tarmog‘i.

Xitoyshunoslik (G‘arbda “Sinologiya”) – qadimgi va hozirgi Xitoyning tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi, yozma yodgorliklarini o‘rganuvchi soha. Sinologiya zamonaviy sharqshunoslikning jadal o‘sayotgan tarmog‘i.

Eronshunoslik (G‘arbda “Iranistika”) – hind-evropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga kiruvchi xalqlarning tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi, yozma manbalarini o‘rganuvchi yo‘nalish.

Yaponshunoslik (G‘arbda “yaponistika”) – Yapon orolida joylashgan xalqning tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi, yozma merosini o‘rganadi. O‘zbek sharqshunosligining kenja tarmoqlaridan.

Koreysshunoslik (G‘arbda “Koreistika”) — Koreys yarim orolida joylashgan xalqlarning tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi, qadimgi yozma manbalari o‘rgauvchi yo‘nalish.

Turkshunoslik (G‘arbda “Tyurkologiya”) – Dunyodagi qadimgi va zamonaviy turkiy xalqlarning tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi, san’ati, dini, falsafasi, etnografiyasi yozma yodgorliklarini o‘rganuvchi tarmoq.

Filologiya (yunon tilidagi “so‘zni sevish” anglamidagi φιλολογία so‘zidan) – tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik fanlarini o‘zida qamragan soha. Kishilik tarixidagi eng eski yo‘nalishlardan biri.

Sharq filologiyasi esa ana shu umumfilologiyaning bir tarmog‘i bo‘lib, u sharq xalqlarining tili, adabiyoti, yozma merosi singari sohalarni o‘rganadi. Sharq filologiyasining muhim yo‘nalishlariga arab, fors, turk, xitoy, hind, koreys, yapon filologiyasi kiradi
Yüklə 20,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin