Mundarijaxulosa


Amir Temur (1336—1405 y.y.)



Yüklə 58,14 Kb.
səhifə6/9
tarix19.05.2023
ölçüsü58,14 Kb.
#117128
1   2   3   4   5   6   7   8   9
666 temuriylar davlati

Amir Temur (1336—1405 y.y.) millatimiz tarixida munosib o’rin egallaydi. U yoshligidan xat-savod chiqarib, o’z davri­ning tibbiyot, riyoziyot, falaqiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o’rgangan.
O’g’ri va qaroqchilar qaerda qo’lga olinmasin, yaso (qonun) asosida jazolansinlar. Agar birontasi birovning mol-mulkini kuch ishlatib tortib olgan bo’lsa, uni olib o’z egalariga topshirsinlar. Kimdir birovning tishini urib sindirgan bo’lsa yoki ichkilik ichgan bo’lsa, jazo berish uchun shariat qozisi huzuriga olib borsinlar».
Amir Temur saroyida ko’plab ilm-ma’rifat allomalari sohibqironning marhamatidan bahra olib, uning xizmatida bo’ldilar. Sohibqironning riyoziyot, xandasa, me’morchiliq falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: «Temur olimlarga iltifotli edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko’rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko’pincha taxtdan tushib, ular­ning yoniga kelardi. Chunki, Temur bu sohalarga g’amho’rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi».
Ulug’ amir har ishda insoniy, axloqiy fazilatlarni, kuchli iymonni birinchi o’ringa qo’ygan. Sohibkiron Amir Temur davrida Markaziy Osiyoning mustaqil bir davlat ostiga birlashtirilishi, shubhasiz, mamlakatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsatdi, ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi.
Buning uchun Movarounnahrning hamma joylaridan, yaqin va O’rta Sharq o’lkalaridan, tobe mamlakatlardan juda ko’p fan va san’at ahllarini, is­te’dodli sohibi hunarlarni, me’mor va musavvirlarni poytaxtga to’pladi. Bu — Sohibqironning estetik didi juda baland bo’lganligidan dalolatdir.
Buyuk Sohibqironning axloqiy-estetik qarashlari, amaliy faoliyati bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, aksincha, vaqt o’tishi bilan yanada mazmunga boyib bormoqda.
O’rta asr Sharqida axloq fanining rivojiga katta hissa qo’shgan mutafakkir Jaloliddin Davoniy (1427—1502 y.y.)dir. U axloq fanining predmeti va vazifalarini belgilashda Arastu ta’sirida bo’ladi. Axloq fani deganda, mutafakkir kishilarning xulq-odobi va fazilatlarini o’rganuvchi fanni tushunadi. Ushbu fan amaliy xarakterga ega bo’lib, u kishilar­ning kundalik hayotida asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilishi lozim.
Davoniyning fikricha, kishilarning xislatlari tabiiy (tug’ma) va yashash davomida shakllanadigan hislatlarga bo’linadi. Ushbu masalada u Foro­biy va Tusiylarning fikriga qo’shiladi.
Davoniy xuddi Forobiy singari, tug’ma xususiyatlarga kishilarning ba’zi bir aqliy va axloqiy malakalari: zehn o’tkirligi, faraz qilish qobiliyati, hamfikrlik va boshqalarni kiritadi. Mutafak­kir kishilarning ba’zi tug’ma-xususiyatlari va qobiliyatlarini tan olsa ham, yashash davomida qo’lga kiritiladigan malakalarni inson uchun muhim, deb hisoblaydi. Zero, inson yoshligidan tashqi muhit va boshqalarning ta’sirida barcha xislatlarni egallay boradi.
Davoniyning fikricha, bola dunyoqarashining shakllanishida tashqi muhit va uning tevarak-atrofidagi odamlar muhim rol o’ynaydi. Tashqi muhit ta’sirida bola faqatgina atrof-muhitni kuzatibgina qolmasdan, balki yaxshi yoki yomon malakalarni hosil qila boradi.
Davoniy kishilarni bola tarbiyasida juda ehtiyot bo’lishga chaqiradi, chunki ular yoshligida o’ta ta’sirchan bo’ladi, yaxshi va yomonning farqiga bormasdan qabul qilaveradi. «Bola qalbi, — deb ta’kidlagan edi u, — toza taxtaga o’xshaydi, unga har qanday tasvirni osonlikcha chizish mumkin». Uning aytishicha, tug’ilganda bola qalbi toza taxtani eslatadi. Ruhiy holati (psixikasi) esa yashash jarayonida to’ldirib boriladigan bir varaq oq qog’ozga o’xshaydi.
Bola tarbiyasida maktabning roli muhimdir. O’qituvchi aqlli, bola tarbiyalashda qobiliyatli bo’li­shi lozim. Davoniy o’qituvchini sevishga, hurmat qilishga chaqiradi va uni ma’naviy ota deb hisoblaydi.
Davoniy yosh avlodni kasb-hunarga o’rgatish masalasiga ham o’z e’tiborini qaratadi. Bolalarni o’qitishda, ularning qobiliyatini hisobga olish zarur. Agar bola biror kasb-hunarga qiziqsa, shu ixtisosni egallashi uchun unga sharoit yaratib berish kerak. «Hamma mavjud kasb-hunarlarga kishining qobiliyati bo’lmaydi, aksincha har bir odam muayyan bir hunarga qiziqadi. Buning zaminida bir sir yashirinib yotadi. Bu sirning sababi dunyoning mavjud bo’lishi va kishilar turmushini tartibga solib turishdir», — deydi Davoniy. Bitta hunar bilan qiziquvchi odam, o’zining butun qobi­liyati va e’tiborini shu kasbni egallashga qaratadi.
Temuriylar davrining ko’zga ko’ringan allomalaridan biri — Xusayn Voiz Koshifiy (1440— 1505 y.y.). Uning dunyoqarashida axloqshunoslik muammolari muhim o’rinni egallaydi. Koshifiy «Axdoki Muxsiniy» asarida axloqshunoslikni maxsus fan tarmog’i sifatida tan olib, uning vazifalarini belgilab beradi. Uningcha, axloqshunoslik ko’proq amaliy fanlar turkumiga kirib, uning asosiy vazifasi yaxshi fazilatlarni kasb qilishdan iborat. Koshifiy axloqni kishilar o’rtasidagi munosabatlar va ularning kundalik turmushidan qidiradi.
Koshifiy bolalarni yoshlikdan boshlab ularning qobiliyatiga qarab muayyan kasb-hunarga o’rgatish lo­zim, deb hisoblaydi. Agar bola biror kasbga qiziqish bildirsa, unga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish kerak. U shaxsning axloqiy kamolotida yaxshi fazilatlarni egallashi lozimligi masalasiga keng to’xtaladi.
Ma’lumki, eng muhim axloqiy tushunchalardan biri adolatdir. Koshifiy adolatni keng ma’noda tushunadi, uni insonning axloqiy malakalarini yuksak shakli sifatida talqin qiladi. Agar adolat mutlaq fazilat bo’lsa, insonning boshqa xususiyatlari uning xizmatkori hisoblanadi. Uningcha «Ado­lat — eng yaxshi fazilat bo’lsa, adolatsizlik esa eng tuban va yaramas illatdir».
Koshifiy yaxshilik va yomonlik haqida ham o’z fikrini bildirgan. Uning tushunchalari juda keng ma’noni anglatadi. Sharq mutafakkirlari ular orqali kishilarning xulq-odobi, yurish turishi va xatti-harakatini baholaganlar.
Koshifiy ham Navoiy singari kishilarni yaxshi va yomonga ajratadi va besh guruhga bo’ladi. Birinchi guruh kishilari shunday kishilarki, ular o’z tabiati va kelib chiqishiga ko’ra yaxshi kishilar bo’lib, doimo xayrli ishlar bilan shug’ullanadilar. Shuning uchun ularni qo’llab-quvvatlash zarur. Ikkinchi guruhdagilar o’ziga yaxshilikni ravo ko’rib, boshqalarga nafi tegmaydi. Bunday odamlarni ham qadrlab, ularni hayrli ish­lar qilishga undash kerak. Uchinchi guruhga kiruvchi odamlar jamiyatga na foyda, na ziyon keltiradilar, ya’ni ular tabiatiga ko’ra na yaxshi va na yomondirlar. Ularni ham yaxshi ishlar qilishga, yomonlikdan qochishga chorlash lozim. Lekin to’rtinchi guruhga kiruvchilar, garchi ular yomonlik qilmasada, tanbeh berishga loyiq odamlar hisoblanadi. Ularni yomonlikdan tiyilishiga da’vat qilish zarur. Beshinchi guruhdagilar yomon va axloqsiz odamlar bo’lib, jamiyatga faqat ziyon keltiradilar. Ularga nisbatan jazo choralarini qo’llash va ularning tarbiyasi bilan shug’ullanish lozim.


Yüklə 58,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin