Mikroskop ostida juda harakatchan spiral shaklidagi oqish treponema
aniqlanadi.
Ishlatilgan asbob va uskunalar dezinfeksiyalovchi eritmada yuviladi va spirt
yoki sulema eritmasiga solib qo’yiladi.
Eslatma: Zaxm kasalligining birinchi davrida qattiq shankrdan suyuqlik olinadi,
agar oqish treponema yarada topilmasa, regionar limfa tugunlaridan punlcsiya qilish
yo’li bilan punktat olinadi. Zaxmning ikkinchi davrida eroziyalangan papulalar,
serbar kandilomalardan olingan to’qima suyuqligi tekshiriladi. MUOLAJALAR ALGORITMI
NEYSSER TAYOQCHALARINI MIKROSKOP OSTIDA ANIQLASH
KO’RSATMA: So’zak kasalligi
KERAKLI ANJOMLAR:
Mikroskop.
Pinset.
Steril metall qovuzloq.
Naysimon zond.
Esmarx krujkasi
Folkman qoshig’i.
Kusko ko’zgusi.
Stakan.
Buyum oynachalari.
96% li etil spirti.
Immersion moy.
Doka tampon.
Fiziologikeritma.
Bo’yashuchun maxsus eritmalar.
Erkaklar tanosil azolaridan surtma olish
MUOLAJANING BAJARILISHI:
Qo’l sovun bilan yuviladi, rezina qo’lqop kiyiladi.