Bemorning tirsak bo’g’imi yuqorisidan rezina jgut bilan bog’lanadi.
Bemordan qo’lni mushtlab ochishni, 7 – 8marta so’raladi.
Qo’lning 2 – 3barmoqlari yordamida tirsak sohasi paypaslab ko’riladi, ustispirt bilan artiladi.
Oldindan tayyorlab qo’yilgan bo’sh Shprits igna bilan o’ng qo’lga olinadi.
Shprits 30li burchak ostida o’ng qo’lda ushlanadi va bemorning terisiteshiladi (igna 1 – 2sm kiritiladi).
Teshilgan teridan sal yuqorida vena devoriga igna 3 – 4sm kiritiladi. O’ngqo’ldagi. Shprits va igna qimirlatmasdan, chap qo’l bilan porshen tortiladi. 5 mlmiqdorda qon tortib olinadi.
Chap qo’l bilan rezina jguti yechiladi.
Spirtli paxta igna kiritilgan joyga bosilib, igna Shpritsi bilan sekin sug’iribolinadi.
Bemor tirsak bo’g’ini 2 – 3daqiqa davomida bukilgan holda turishi kerak.
Shpritsdagi qon toza steril probirkaga devori bo’ylab sekin – asta yuboriladi.
Shprits ignalari bilan qismlarga ajratilib yuviladi va 1 soat dezinfeksiyalovch ieritmaga solinadi.
Maxsus qalam bilan probirkaga tartib raqami belgilanib qo’yiladi.
Yo’llanma to’ldirilib, laboratoriyaga jo’natiladi.
Eslatma: RV reaksiyasiga qon olishdan oldin bemor spirtli ichimliklar ichmasligi, narkotikmoddalar, yog’li ovqat iste’mol qilmasligi kerak. Ayollarda hayz ko’rish davrida,homiladorayollarda tug’ishdan 1 hafta oldin, tuqqanidan so’ng 10 kun mobaynida, tana harorati ko’tarilgandaalohida e’tibor beriladi. Ba’zan qandli diabet, xavfli o’sma, virusli gepatit, jigar sirrozi, bezgak,moxov kasalligida, ich qotganda, hayz ko’rganda natija musbat bo’lishi mumkin.
MUOLAJALAR ALGORITMI
Dostları ilə paylaş: |