Bosh miya qorinchalari to’rtta bo’lib, ularning ikkitasi o’ng va chap yarim
sharlarda, uchunchi va to’rtinchi qorinchalar esa miyaning o’zak qismida
joylashgan. Bu qorinchalar bir-biri bilan teshikchalar orqali birikkan bo’lib,
ularda miya suyuqligi xarakatlanadi. Miya suyukligi miyani turli silkinish va
shikastlanishlardan himoyalaydi, miya hujayrasida modda almashinuvida
ishtirok etadi. Moddalar almashinuvidan chiqqan chiqindilarni miya suyuqligi
miya qon tomirlariga o’tkazadi, ular umumiy vena tizimiga tushib, kayta
tozalanadi. Miya suyuqligi doimo yangilanib turadi va miya bosimini doimo
bir me’yorda tutib turadi. Bunday vazifani arteriya qon tomiri bilan miya
suyuqligi orasidagi tomirlar bajaradi. Bu tomirlar gematoentsefalik to’siq
h
isoblanadi. Ya’ni miya uchun zararli bo’lgan moddalar ushlab qolinadi.
Katta miya yarim sharlari kesib ko’rilganda miya to’qimasi kul rang va oq
moddadan iborat ekanligini ko’ramiz.
Dostları ilə paylaş: |