5
boshladi. Psixologiya fanining turli sohalarida
olimlarimiz barakali xiz-
mat qila boshladilar. Shuningdek, pedagogik psixologiya faniga ham
boshqa psixologiya fanlari kabi e’tibor kuchayib bormoqda. Pedagogik
psixologiya fani qanday fan? Pedagogik psixologiya pedagogika va
psixologiya fani orasidagi, ya’ni uni tutashgan joyidan o‘rin
olgan
fandir. Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaning psixologik qonuniyat-
larini, maktabda bilimlarni, kun va malakalarni egallash, bu jarayonlarda
sodir bo‘ladigangan individual
psixologik tafovutlarni, o‘quvchilarda
faol, ijodiy va mustaqil tafakkurini tarkib topishini, ta’lim-tarbiya ta’siri
bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigangan o‘zgarishlarni o‘rga-
nadi. Shuningdek, o‘quv materiallarini o‘quvchilarga mos kelishi, ta’lim
usullarini psixologik jihatdan samaradorligi, darslik va o‘quv
dasturlari,
ko‘rgazma materiallariga qo‘yilgan talablar, o‘qituvchi va uning peda-
gogik faoliyat usullarini, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosa-
batlarni o‘rganish ham pedagogik psixologiyaning muammolaridir.
Demak, pedagogik psixologiya fani ta’lim
va tarbiyaning shaxsiga
samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizimlarini
o‘rganadi. Uning diqqat markazida bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quvchi
shaxsni har tomonlama shakllantirish jarayoni turadi. Turli ijtimoiy taj-
ribalarning qonuniyatlarini va u individning tajribasiga aylanishi jara-
yonini yoritib berishdan iboratdir. Bolani
shaxs sifatida shakllantirish,
tarbiyalash, tarbiya vositalari, usullari pedagogika faniga taalluqli bo‘lsa,
bola psixikasining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va rivojlantirish xususi-
yatlari, qonuniyatlari psixologiya faniga taalluqlidir. Bolaning psixik
rivojlanishi xususiyatlarini bilmay turib, ularni qalbiga yo‘l topish, uni
bilimli qilish, komil inson qilib tarbiyalash juda qiyin. Ta’lim
va tarbiya
bola taraqqiyotida birga amal qiladi, shuningdek, unga ta’lim-tarbiya
beruvchi shaxs muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining
qanday tashkil qilinishi ham shularga bog‘liq Pedagogik psixologiya
bolani ta’lim-tarbiya jarayonida o‘rganar ekan, uning o‘rganish obyekti
kichik maktab, o‘smir va o‘spirinlik yoshi bo‘lib, pedagog ta’sirida
ta’lim va tarbiya jarayoni maqsadga muvofiq ravishda uyushtiriladi.
Pedagogik psixologiya uch qismdan iboratdir:
Dostları ilə paylaş: