Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari, ularning psixologik va fiziologik asoslari Prinsip tushunchasi
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari, ularning psixologik va fiziologik asoslari Prinsip tushunchasi
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari, ularning psixologik va fiziologik asoslari
Prinsip tushunchasi
O’qitishning etakchi qoidalari
Ilmiylik, tizimlilik va izchillik prinsipi
Ta’limning amaliy hayot bilan bog’lanish prinsipi
Ta’limda onglilik va faollik qoidasi
Ko’rsatmalilik, tushunarlilik, mustahkamlilik prinsipi
Ta’limni turmush bilan bog’lanish prinsipi
Individual pedagogika prisipi
Reja:
PRINSIP TUSHUNCHASI
"Prinsip" so'zining ma'nosi xulqning, xatti-harakatning aspsiy qoidasi, yetakchi g'oya demakdir. Ta'lim qonuniyatlari (prin-siplari) bu — o'qitish jarayoniga qo'yiladigan talablar yig'indisidir. Biz, hatto, turmushda ham „bu odam prinsipli" deymiz va bunda o'sha odamning o'ziga xos qoidalariga, o'zining prinsiplariga muvofiq ish ko'rishini nazarda tutamiz. Agar kishining xatti-harakatlarida qat'iy qoidalar bo'lmasa, uni „prinsipi yo'q" deb hisob-laymiz.
XV. — XVI asrlardagi mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga faqat o'qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning' ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar.
Forobiy „Namunali ta'lim" haqidagi risolasida o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan materialni eng yaxshi yo'sinda bayon qilish masalasiga alohida to'xtalib, bu ishning ikkita turini tavsiya etgan: ularning biri bevosita sezishga yaqin narsalami oldingi o'ringa qo'yishdan va ikkinchisi aqlga yaqin narsalarni olg'a surishdan iboratdir. U o'zining fikrini tushuntirib shunday yozgan: „Aql o'z harakatini awal seziladigan narsalarga, keyin esa aqlga muvofiq yo'sinda, ya'ni xossalarni sintez qilishga yo'naltirishi ma'qul".
Dostları ilə paylaş: |