O'quvchilarning o'quv faoliyatida o'z oldilaridagi maqsad va vazifalaming mohiyati hamda ahamiyatini, ya'ni o'zlari nima uchun o'qishlari kerakligini tushunishlari
1.O'quvchilarning o'quvfaoliyatida o'z oldilaridagi maqsad va vazifalaming mohiyati hamda ahamiyatini, ya'ni o'zlari nima uchun o'qishlari kerakligini tushunishlari.
1.O'quvchilarning o'quv faoliyatida o'z oldilaridagi maqsad va vazifalaming mohiyati hamda ahamiyatini, ya'ni o'zlari nima uchun o'qishlari kerakligini tushunishlari.
2. Bilimlarni o'zlashtirishga qat'iy intilish, ya'ni o'qishga ishtiyoq.
3. Fanni egallashga olib boradigan yo'llarni, ya'ni hozirgi za-mon kishisi uchun zarar bilimlarni qaysi usullar bilan o'zlashtirish mumkinligini bilish.
4. Fanning faktlari hamda qonuniyatlarini ravshan va chuqur tushunish, o'quv materialiarining bola ongida qayta ishlanishi va uning o'z boyligiga aylanishi, olingan bilimlarni hayotda qo'llay bilish.
TA'LIMDA ONGLILIK VA FAOLLIK QOIDASI KO'RSATMALILIK PRINSIPI Bihshningbirinchi pog'onasi — jonli mushohada, ya'ni te-varak-atrofdagi narsalarva hodisalarni idrok etishdir. Ko'rsatmalilik prinsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi. Bu prinsip o'rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yor-dam beradi. Ibn Sinoning qayd qilishicha, inson o'zining o'quv mashg'u-lotlari boshlanishida, narsaning tashqi xossalarini o'rganishda, uning aslini va tasvirini ko'rib, o'zicha bevosita bilimlarni hosil qilishi mumkin. Har qanday fanda awalo, narsalarning ta'rifi zarur. Ularning mavjudligini esa pirovard natijada isbotlash vositasida bili-nadi, chunki ular mazkur fan aniqlaydigan hodisalardan iborat bo'ladi1. Ibn Sinoning ana shu xulosasi o'qitishdagi ko'rsatma-lilikning faqat bir jihatini yoritadi, xolos. Xulosada awalo inson mavjud narsalarni yoki ularning tasvirlarini idrok etishi tufayli unda obyektiv voqelik to'g'risida tasawur hosil bo'lishi va inson ularni to'g'ri aks ettirishi ta'kidlanadi.