Muqimiy nomidagi


Stajirovka o‘tash bosqichlari



Yüklə 61,75 Kb.
səhifə9/10
tarix02.01.2022
ölçüsü61,75 Kb.
#41843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
илмий педагогик иш йўриқномаси

2.3. Stajirovka o‘tash bosqichlari

Stajirovka o‘tash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

tayyorlov bosqichi (stajirovka o‘tashning birinchi kuni);

asosiy bosqich;

yakuniy bosqich (stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi).

Stajirovka o‘tashning tayyorlov bosqichida — qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi.

Stajirovka o‘tashning asosiy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.

Stajirovka o‘tashning yakuniy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.

2.4. Stajirovkani rasmiylashtirish

Magistratura talabasi birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, stajirovka o‘tashga yuboriladi. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestasiyasi boshlanishiga ikki oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim.

Magistratura talabasining u ta’lim olayotgan OTM bilan oldindan tuzilgan tegishli kelishuv (shartnoma) mavjud bo‘lgan tashkilotlarda stajirovka o‘tashi nazarda tutilganda, unga OTM rektorining (direktorining) OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq chiqargan buyrug‘i bilan ushbu tashkilotda stajirovka o‘tash uchun yo‘llanma beriladi.

Magistratura talabasi yozgi ta’til davrida stajirovka o‘tash uchun yuborilishi mumkin.

Stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi.

Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin bepul beriladi.

Stajirovka o‘tash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi.

Stajirovka o‘tashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.

Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.

Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka o‘tagan magistratura talabasiga uning iltimosiga ko‘ra yozma ravishda tavsifnoma berilishi mumkin.

Stajirovka o‘tash uchun yuborilgan magistratura talabalari o‘quv jadvalini individual grafik asosida bajaradi.

Stajirovka o‘tash muddati ilmiy rahbarning asoslangan tavsiyasiga muvofiq OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda zarur hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi uch oydan oshmasligi kerak.

Stajirovka nazariy ta’limning o‘zaro aloqasini ta’minlash shartini bajargan holda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin.

Magistratura talabasi xorijda stajirovka o‘tash uchun OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, xorijda stajirovka o‘tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomani (yozma ravishdagi kelishuvni) ilova qilgan holda murojaat etadi.

OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi magistratura talabasining xorijda stajirovka o‘tashi masalasini o‘rganib chiqadi va ko‘rib chiqish uchun OTM kengashiga murojaat qiladi.

OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi stajirokani tashkil etish bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

xorijda stajirovka o‘taydigan magistratura talabalari ro‘yxatini tayyorlaydi;

xorijda stajirovka o‘taydigan magistratura talabasiga xorijga chiqish-kelish tartibini tushuntiradi;

xorijda stajirovka o‘taydigan magistratura talabasiga xorijda o‘zini tutish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beradi;

zarur hujjatlarni, jumladan vizani rasmiylashtirishda magistratura talabasiga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Stajirovkani xorijda o‘tash uchun magistratura talabasi:

qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada ko‘rsatilgan chet tilini bilishi;

stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish bo‘yicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi, jumladan zarur hollarda viza rasmiylashtirishi;

stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalni (kalendar rejani) qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.

Xorijda stajirovka o‘tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistratura talabasining tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yo‘l xarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar ko‘rsatilishi zarur.

Magistratura talabasi homiy tashkilot mablag‘lari hisobidan xorijda stajirovka o‘tashi mumkin. Bunda stajirovka homiy tashkilot bilan OTM o‘rtasidagi shartnomaga (kelishuvga) muvofiq amalga oshiriladi.

2.5. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi

Magistratura talabasi stajirovka o‘tab bo‘lgandan so‘ng, stajirovka bo‘yicha yozma ravishda hisobot tayyorlaydi.

Stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim:

stajirovka muddati, stajirovka o‘talgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri;

OTMdagi stajirovka rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari haqida qisqacha ma’lumotlar,;

stajirovka dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati, bajarilmagan tadbirlar bo‘yicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;

stajirovka xorijda o‘talgan bo‘lsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limining xorijda o‘talgan stajirovka bo‘yicha xulosalarini aks ettiruvchi ma’lumotlar;

stajirovka bo‘yicha hisobotning ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilinganligi va mazkur ma’ruzaning muhokama natijalariga ko‘ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda chop etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, agar mavjud bo‘lsa;

magistrlik dissertasiyasi (dissertasiyaning rejalashtirilgan qismi) bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba sinovlari yoki tadqiqot ishlari natijalari haqidagi ma’lumotlar;

sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar;

stajirovka o‘tash bo‘yicha boshqa muhim masalalar.

Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan so‘ng, bir oy ichida OTMda tashkil etiladi.

Stajirovka natijalari bo‘yicha magistratura talabasi tomonidan stajirovka yakunlangan kundan e’tiboran 3 kun ichida OTM buxgalteriyasiga stajirovka davomida qilingan maqsadli xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (borish-kelish yo‘l xarajatlari chiptalari, turar joy (mehmonxona) to‘lovlari kvitansiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilingan holda xarajatlar haqida hisobot taqdim etiladi.

Magistratura talabasi OTMda stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilgunga qadar stajirovka bo‘yicha hisobotni dastlab mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda xulosa beriladi.

Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

stajirovka bo‘yicha hisobot;

stajirovka kundaligi;

stajirovka o‘tash vaqtida to‘plangan materiallar yig‘majildi (ularning ro‘yxati stajirovka kundaligida aks ettirilgan bo‘lishi lozim). To‘plangan materiallar yig‘majildi stajirovka bo‘yicha baho qo‘yilgandan so‘ng, kelgusida o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi.

OTMdan stajirovka rahbari stajirovka yakuni bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib, stajirovka kundaligida stajirovka o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.

Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan OTMning malakali va tajribali pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan OTMda o‘tkaziladi.

Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasida qabul qiluvchi tashkilot vakili ishtirok etishi mumkin. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi xodimi (magistratura talabasi xorijda stajirovka o‘tagan bo‘lsa), OTMdan stajirovka rahbari stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasida ishtirok etishi shart, ular uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan hollar bundan mustasno.

Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi komissiya a’zosining stajirovka bo‘yicha rahbarlar xulosalarini o‘qib eshittirishidan boshlanadi.

Stajirovka rahbarlari xulosalari o‘qib eshittirilgandan so‘ng, magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha xulosasi, stajirovka davomida to‘plagan materiallari, shuningdek stajirovkaga oid taklif va mulohazalari tinglanib, komissiya tomonidan muhokama qilinadi.

Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi quyidagi mezonlariga asosan baholanadi:

magistratura talabasining nazariy va amaliy bilimlari darajasi;

magistratura talabasi tomonidan stajirovka davomida to‘plangan materiallarning tuzilishi darajasi va sifati hamda stajirovka o‘tash davomida o‘rganilgan masalalarning yoritib berilishi;

bildirilgan takliflarning asosliligi va amaliy ahamiyati.

Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi natijalari 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi va shu kunning o‘zida magistratura talabasiga e’lon qilinadi.

Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hisobotni ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilsa va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga ko‘ra ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda chop ettirsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi.

Stajirovka bo‘yicha hisobot ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilinganligi va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga ko‘ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda nashr etilganligini tasdiqlovchi hujjat(lar) komissiyaga taqdim etiladi. Bunda hisobotni himoya qilish talab etilmaydi hamda u ma’ruza va maqolaning sifatiga qarab komissiya tomonidan baholanadi.

Stajirovka bo‘yicha qo‘yilgan ball fanlar bo‘yicha qo‘yiladigan ballarga tenglashtiriladi va umumiy o‘zlashtirish yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.

Stajirovka yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho qo‘yilganda, magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hisobotni bir oy ichida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta himoya qilish huquqiga ega. Bunda OTM rektorining (direktorining) tegishli buyrug‘i chiqarilishi lozim.

Stajirovka bo‘yicha hisobotni qayta himoya qilish yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho qo‘yilganda, shuningdek stajirovka uzrli sabablarsiz o‘talmaganda magistratura talabasi akademik qarzdor deb hisoblanadi va belgilangan tartibda talabalar safidan chetlashtiriladi.

Magistratura talabasi stajirovkani uzrli sabablarsiz o‘tamaganda, stajirovka o‘tash bilan bog‘liq barcha xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.

Magistratura talabasining og‘ir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy (ma’naviy) zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli, stajirovka o‘tashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini to‘liq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb topiladi. Bunda magistratura talabasi ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.




Yüklə 61,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin