Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə57/64
tarix14.04.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#97878
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
(SKETT QOʻLLANMA)

1-bosqich. Rasmiy hujjatlarga asoslangan ma`lumotlarni yig’ish. Bu bosqichda energetik audit guruhi a`zolari va korxona mutaxassislari ham ishtirok etishadi. Bunda korxona mutaxassislari auditor tomonidan maxsus shakllarda tayyorlangan so`rovnoma savollariga javob to`ldiradilar. Namunadagi so`rovnoma odatda 36 ta savolni qamrab olgan bo`lib energiya ta`minoti bo`yicha dastlabki ma`lumotlarni qamrab olgan.
Quyidagi hujjatlar tahlil qilinadi:

  1. Binoning texnik pasporti, binoda qavatlarni va xonalarni joylashuvi va energiya ta`minoti o`rganiladi.

  2. Korxonada oxirgi 5 yilda faoliyat olib boruvchi ishchi xodimlar soni.

  3. Energiya va suv ta`minoti bo`yicha energiya ta`minlovchi korxona bilan tuzilgan shartnomalar.

  4. Energiya resurslardan foydalanish bo`yicha to`lovlar kvitantsiyalari va ularni to`g’ri amalga oshirilganligi.

  5. Quyidagi ma`lumotlar:

-energiya ta`minlovchi manbalar va energiya tashuvchilar parametrlari;
-foydalanish maqsadiga ko`ra elektr qurilmalarni o`rnatilgan quvvati va tarkibi (-jadval);
-sovutish va shamollatish tizimlar qurilmalari;
-yoritish tizimi, chiroqlarni turlari va ta`minot sxemalari;
-energiya tashuvchilarni qayd qilish tizimlari;
-suv ta`minoti tizimi qurilmalari.
2-bosqich. Instrumental tadqiqotlar. O`lchov va qayd qilish asboblari vositasidagi tadqiqotlar energiya istemoli bo`yicha etishmovchi ma`lumotlarni to`ldirish uchun o`tkaziladi. Bu ma`lumotlarni hujjatlarda qayd qilingan ma`lumotlar orqali hosil qilish mumkin emas.
Korxona elektr istemolchilari bo`yicha umumiy ma`lumot.
Elektr ta`minoti tizimida quyidagi parametrlar o`lchanadi:
-sutka davomidagi elektr energiya istemoli (11-rasm);
-elektr tarmoqlarda har soatdagi va tig’iz paytdagi yuklama toklari (2-jadval).
Elektr energiyasi parametrlari bo`yicha o`lchash xatoliklari: energiya istemoli bo`yicha ±1,5 % dan, tok bo`yicha ±5%, kuchlanish og’ishi bo`yicha 0,5% dan kichik bo`lishi kerak.
O`rganilayotgan ob`yektlar isitish tizimlariga ko`ra 2 turga bo`linadi: o`z qozonxonasiga ega bo`lgan va markazlashgan isitish tizimidan ta`minot olayotgan. Isitish tizimida asosan istemol qilinayotgan issiqlik tashuvchini hajmi (miqdori) va temperaturasi o`lchanadi. Bunda o`lchash xatoligi energiya tashuvchini miqdori uchun 2,5 % dan, temperatura uchun esa 0,10S dan oshmasligi kerak.
Suv ta`minoti tizimidagi sarflangan suv hajmini o`lchashda xatolik 0,25 % dan oshmasligi kerak. Bunda sutka davomidagi suv sarfi va bosimi o`lchanadi.



Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin