Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#60307
  1   2   3   4   5   6   7   8


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA YO`NALISHI
4 – BOSQICH 402 – GURUH TALABASI 
 
SAMIKOVA MADINANING
 “ELEKTROTEXNIKA ASOSLARI” FANIDAN YOZGAN
 
 
 
 
 
 
MAVZU: 
ELEKTR
 
ENERGIYASINI
 
ISHLAB
 
CHIQARISH
 
(MUQOBIL
 
ENERGIYA
 
MANBALARI)
 
 
 
Bajardi: Samikova Madina 
 
Kurs ishi rahbari: Soyipov Jasurali
 
 
 
 
NAMANGAN – 2016 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



MAVZU:ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB
CHIQARISH (MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI). 
KIRISH. 
REJA: 
1. O’zbekistonning muqobil energetika sohasidagi salohiyati 
2. Qayta tiklanadigan energiya manbalari 
3. Muqobil energiya – iqtisodiy barqarorlik omili 
4. Quyosh energiyasidan foydalanish 
5. Shamolni jilovlab elektr energiyasi ishlab chiqarish 
6. “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish 
chora- tadbirlari to’grisida”gi president farmoni 
 
XULOSA. 
ADABIYOTLAR. 
ILOVALAR. 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning 
ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va 
energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi. 
Respublikamizda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish, 
birinchi navbatda gidroenergetika salohiyatidan foydalanish borasida ma'lum ishlar 
amalga oshirilmoqda. 
Kompaniyalar 
tomonidan 
mavjud 
GESlarni 
modernizatsiyalash 
va 
rekonstruksiya qilishga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash 
bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Quyi Bo’zsuv GESlar kaskadidagi 14-GES va 
Farhod GESni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish ko’zda tutilmoqda. 
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish natijasida 2015-yilga kelib 
energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash va energetikani yanada 
rivojlantirish, yiliga 1 mlrd. m
3
dan ziyod hajmda tabiiy gazni tejashga erishish, 
elektr energiyasi hosil qilishga ketadigan energiya solishtirma sarfini 13% ga, 
atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli chiqitlar hajmini 10% ga kamaytirish 
rejalashtirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini 
yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 01.03.2013 yil
PQ-4512-sonli farmoni va “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish 
to’g’risida”gi 01.03.2013 yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida



“Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi 
instituti tashkil qilindi. “O’zbekenergo” DAK ushbu institutning ta'sischilaridan 
biri hisoblanadi. 
Kompaniya tomonidan quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida 
respublikaning qator viloyatlaridagi “Muruvvat uylari”, “Mehribonlik uylari” va 
qishloq vrachlik punktlarida gelioqurilmalar o’rnatildi. Bundan tashqari, 
Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki kredit resurslarini jalb qilgan holda 
quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh stansiyasini qurish nazarda tutilmoqda. 
Shuningdek, 2013-yilda “Navoiy” EIIZda quvvati 50 MVt bo’lgan fotoelektr 
quyosh panellari ishlab chiqarish boyicha qo’shma korxonaning 1-bosqichi tashkil 
etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha 
oshiriladi. 
Shu munosabat bilan “O’zbekenergo” DAKda yoqilg’i-energetika balansiga 
qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. 
Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqyosida foydalanish 
respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste'molini 
kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib 
tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. 
O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi 
va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni 
chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari 
respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi, 
energiya resursi jihatidan qoniqarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan 
foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab 
tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi. 
Hukumat tomonidan milliy iqtisodiyot tarmoqlarini kam uglerodlik holatiga 
o'tishga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Ushbu yo'nalish mamlakatimizdagi energiya 
sarfini hamda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga o'z xissasini qo'shadi. 
Aynan shu mavzuga doir masalalar O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligida 
bo'lib o'tgan matbuot anjumanida muhokama etildi. Unda energiya tejamkorligi va 



samaradorligini oshirish, birlamchi energiya manbalarini, ayniqsa tabiiy gazni 
katta miqdorda tejash imkonini berishi alohida ta'kidlandi. Bu sohalarga 
yo'naltirilgan investitsiyalar nafaqat iqtisodiy samarasi bilan balki ekologiya uchun 
nafi bilan ham dolzarbdir. 
Hisob-kitoblariga ko'ra, har yili Respublikamizda 23 million t.n.e. yaqin 
energiya resurslarini tejash mumkin. Ushbu salohiyat amalga oshirilsa 
atmosferamizga chiqadigan zararli gazlarini 40 million tonnaga qisqartirsa buladi. 
Mahalliy mutaxassislarning fikricha, mamlakat iqtisodiyotdagi energiyani ko'p 
iste'mol qiluvchi sektorlarida energiya samaradorlik choralari kompleks shaklda 
amalga oshirilsa, 30-40% birlamchi energiya, ya'ni 16-21 mlrd. kub. metr tabiiy 
gaz tejash imkoni yaratiladi. 
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi va xalqaro 
tashkilotlar bilan hamkorlikdagi qo'shma loyihasi doirasida kam uglerodlik 
rivojlanish strategiyasi va uning doirasida 2050-yilgacha bo'lgan dastur ishlab 
chiqildi. Ushbu hujjatlarga binoan, xozirgi kunda respublikamizda amalga 
oshirilayotgan energiya samaradorlik choralari 2050-yilgacha 27,3 mln. t.n.e. 
energiya resurslarini tejaydi. Agarda muqobil energiya manbaalari O'zbekistonning 
umumiy energiya balansida 19-23% ni tashkil etsa, shu tariqa 2030-yilda 3,28 mln. 
t.n.e va 2050 yilda 5,88 mln. t.n.e. tejaladi.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, elektr ishlab chiqishda an'anaviy energiya 
manbaalari bilan bir qatorda muqobil energiya manbalaridan foydalanish yiliga
1,5 mlrd. kub/m, tabiiy gazni tejash va qo'shimcha 5 mlrd. kVt/s elektrni quyosh 
energiyasi evaziga ishlab chiqarishga imkon yaratadi. 
Institutsional salohiyatning yuqoriligi O'zbekistonda toza rivojlanish 
mexanizmining (TRM) asosini shakllantirishga va amalga oshirishga imkon berdi. 
Qisqa 7 yillik muddat ichida, nafaqat o'nlab toza rivojlanish mexanizmi-loyihalari 
portfeli shakllantirishni, balki 14,4 milliondan oshiq zararli gazlarini qisqartirishga 
erishildi. 
Hozirgi kunga qadar, O'zbekistonda ro'yxatga olingan toza rivojlanish 
mexanizmi-loyihalari bo'yicha MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o'rtasida 



yetakchi bo'lib qolmoqda. Ushbu loyihalarga 24 mln. AQSH dollardan ortiq xorijiy 
investitsiyalar jalb etildi. Neft-gaz sohasida amalga oshirilgan bunday 
loyihalarning qo'shimcha ta'siri evaziga 5 yil mobaynida 700 mln. m
3
ortiq tabiiy 
gaz tejaldi. 




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin