Murakkab poliefirlar texnologiyasi



Yüklə 68,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü68,01 Kb.
#195633
  1   2   3   4   5
MARUZA-2 edited



MA’RUZA-2 
MURAKKAB POLIEFIRLAR TEXNOLOGIYASI 
R E J A : 
1.Termoplastik 
poliefirlar-polietilentereftalat 
ishlab 
chiqarish.
2. Alkid oligomerlari va to„yinmagan poliefirlar ishlab chiqarish. 
3.Polietilentereftalat.
 
Tayanch so‘zlar: 
diglikollar, dikarbon kislotalari, polieterifitsirlanish, 
termoplastik murakkab poliefirlar, polietilentereftalat, lavsan, turli suyuqliklarni 
qadoqlovchi idishlar, polikarbonatlar, yuqori xarorat bardoshlik, poliarelatlar, 
yuqori suyuqlanmaga o‘tish xarorati, maxsus ishlatish soxalari. 
 
MURAKKAB POLIEFIRLAR ISHLAB CHIQARISH 
Murakkab poliefirlar ishlatilayotgan gidroksil hamda karboksil saqlovchi monomerlarning 
funksionalligiga qarab, termoplastik va termoreaktiv murakkab poliefirlarga bo„linadi. 
TERMOPLASTIK MURAKKAB POLIEFIRLAR 
Termoplastik poliefirlardan hozirgi vaqtda polietilentereftalat, polikarbonat va poliarilatlar 
amaliy ahamiyatga ega. 
POLIETILENTEREFTALAT 
Polietilentereftalat tereftal kislotasi bilan etilenglikol asosidagi poliefir bo„lib, uni 
kislotaning turli hosilalari va etilenglikoldan olish mumkin. 
Sanoatda polietilentereftalat ikki bosqichda uzlukli yoki uzluksiz usullarda olinadi. Birinchi 
bosqichda di (

-oksietil) tereftalat quyidagi usullardan biri yordamida olinadi: 


Ikkinchi bosqichda di(

-oksietil) tereftalat polikondensatlanadi: 
P
OLIETILENTEREFTALATNI ISHLAB CHIQARISH
 
Polietilentereftalat olishni texnologiyasi xom ashyoni tayyorlash, dimetiltereftalatni 
etilenglikol bilan pereeterifitsirlash, diglikoltereftalatni polikondensatlash, olingan polimerni sovitib 
maydalash kabi jarayonlardan iborat. 
140
0
C gacha qizdirilgan dimetiltereftalat 1-reaktorga (-rasm) solinadi. Alohida 2chi-
apparatda katalizatorning etilenglikoldagi eritmasi tayyorlanadi. Buning uchun etilenglikol 125
o

gacha qizdirilib, aralashtirib turilgan holda katalizator (sink atsetati) solinadi. Etilenglikoldagi 
katalizator eritmasi ham 1 chi-reaktorga solinadi. 
Reaktorga solinadigan komponentlarning miqdori quyidagicha (mass.qism): 
Dimetiltereftalat .................................... 80 
Etilenglikol ............................................ 100 
Sink atsetati ........................................... 0,01
Pereeterifikatsiya azot yoki uglerod dioksidi o„tib turuvchi muhitda 200-230
0
C da 4-6 soat 
davomida o„tkaziladi. Avtoklav glikol bilan metanol bug„larini ajratadigan nasadkali kolonna (3) 
n HO(CH
2
)
2
OOCC
6
H
4
COO(CH
2
)
2
OH
-OCC
6
H
4
COO(CH
2
)
2
O-
n
+
nHO(CH
2
)
2
OH
-rasm. Polietilentrereftalat ishlab chiqarish jarayonining sxemasi: 
1-pereetirifkasiyalash reaktori; 2-katalizatorni eritish apparati; 3-nasadkali kolonna; 4,8-quvur qobig'i 
sovitgichlar; 5-metanolni qabul qiluvchi idish; 6-turli filtr; 7-polikondensatlanish reaktori; 9-
etilenglikolni vakuum-qabul qilish idishi;10-sovitish barabani; 11-yo'naltiruvchi vallar; 13-qirqish 
dastgoxi. 


bilan jihozlangan. Metanol bug„lari 4chi-sovitgichda sovitilib, 5chi-qabul qiluvchida yig„iladi, 
uchib chiqayotgan dimetiltereftalat Rashig halqalaridan glikol yordamida Yuvilib yana reaktorga 
qaytariladi. Metanol haydalib bo„lganidan so„ng reaktordagi massa 260-280
o
C gacha qizdiriladi, 
ortiqcha etilenglikol haydalib, suyuqlanma holidagi massa 6chi-metal elakli filtrdan 7chi-reaktorga 
polikondensatlanish uchun siqib chiqariladi. Reaktor (7) ga massa solinganidan so„ng, 0,5-1 soat 
davomida qoldiq etilenglikolni haydash maqsadida reaktorda 2,6 gPa (2 mm s.i.m) vakuum hosil 
qilinadi. Polikondensatlanish 280
o
C da 3-5 soat davomida berilgan qovushqoqlikka erishilguncha 
davom ettiriladi. Suyuqlanma holidagi polietilentereftalat siqilgan azot yordamida suv bilan 
sovitilayotgan va vannaga o„rnatilgan barabanga (10) tirqichli teshikdan parda ko„rinishida siqib 
chiqariladi. Poliefir tasmasi 13 chi-maydalagichga v undan quritishga oshiriladi. Olingan 
polietilentereftalatning molekula massasi 15000-30000 ni tashkil etadi. 
Polietilentereftalatni chiqindilari destruksiyaga uchratuvchi moddalar bilan ishlanib (suv, 
ishqor, metanol, glikol, gidrazii), qaytatdan monomerlarga aylantirilishi mumkin. Masalan, 
polietilentereftalatni 2,7 Mpa bosimda 280
o
C da 3-6 soat davomida metanolizga uchratib 80% 
chiqish bilan dimetiltereftalat olish mumkin. 
Fosfor 
kislotasi, 
fosfor 
kislotasining 
efirlari, 
n-izobaronilfenollrni 
qo„shish 
polielitentereftalatni harorat ta‟siriga chidamliligini oshiradi. 

Yüklə 68,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin