Murakkab poliefirlar texnologiyasi


P OLIKARBONATLARNI ISHLAB CHIQARISH



Yüklə 68,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü68,01 Kb.
#195633
1   2   3   4   5
MARUZA-2 edited

P
OLIKARBONATLARNI ISHLAB CHIQARISH
 
Diflon polikarbonatini olish texnologik jarayoni, difenilolpropanni fosgenlash, polimer 
eritmasini Yuvish, polimerni cho„ktirish, polimerni suspenziyadan ajratish, quritish va erituvchi 
hamda cho„ktiruvchilarni regenerlashdan iborat. 
Diflon polikarbonatini uzlukli usulda olish texnologiyasi rasm 17 da keltirilgan. 


Difenilolpropanni suv va ishqor aralashmasidagi eritmasi 2chi-eritish apparatidan 1chi-
reaktorga uzatiladi. Reaktorga metilenxlorid bilan katalizatorni ham solinib, 20-25
o
C da gaz 
holidagi fosgen o„tkaziladi. Reaktor reaksiya davomida soviq suv bilan sovitib turiladi. Hosil 
bo„layotgan polimer metilenxloridda eriydi. Reaktordagi aralashma qovushqoq eritma ko„rinishida 
5chi-dekontator-Yuvuvchi (bu erda suv va xlorid kislotasining eritmasi bilan Yuviladi) ga, u erdan 
6chi-suvsizlantiruvchi apparatga tushiriladi. Suv bug„lari 7chi-nasadkali kolonnadan o„tib, 8chi-
sovutgich-deflegmatorda kondensirlanadi va suv yig„uvchi idishga tushadi. Polimerni eritmasi 9chi-
apparatga tushib, u erda cho„ktiruvchi yordamida (metanol yoki atseton) cho„ktirib olinadi. 
Polikarbonatni suvpenziyasi 11chi-barabanli yoki nutch-filtrda filtrlanadi. Erituvchi va 
cho„ktiruvchining aralashmasi regenirlashga, polimerni kukuni esa avval 12chi-quritgichga va keyin 
13chi-granullovchi apparatga uzatiladi. 
P
OLIKARBONATLARNI XOSSALARI VA ISHLATILISHI
 
Polikarbonatlarni xossalari asosan ularni olishda ishlatilgan bisfenolni tuzilishiga, aralashma 
polikarbonatlarni xossalari esa boshlang„ich xom ashyolarning nisbati va demak, polimerning 
tuzilishiga bog„liq. Bisfenollardan olingan polikarbonatlar ichida n,n`–digidroksidifenilmEtan 
(suyuqlanish harorati 300 
o
C dan Yuqori) dan olingan polikarbonat eng Yuqori suyuqlanmaga 
o„tish haroratiga ega. 
Polikarbonatlar o„z kattaligini o„zgartirmasdan issiqbardoshlik hamda Yuqori mexanik 
mustahkamlik talab qilingan joylarda ishlatiladi. Polikarbonatlardan baquvvat pardalar, loklar va 
boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ulardan turli konstruksiyalarda ishlatish uchun shesternyalar, 
podshipniklar, boltlar, gaykalar, quvurlar, kranlar ishlab chiqariladi. Polikarbonatlardan Yuqori 
sifatli kino- va fotoplenkalar, elektr va radiodetallari ishlab chiqariladi. 

Yüklə 68,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin