O‘zingizni tekshirib ko‘ring!
1. 1; 0; 4 sonlari ichida 3( x 7)4 tenglamaning ildizi bormi?
2. Tenglamani yeching:
1) 2x 3(x 1)
2)
3. Sotuvchi molining 20 % ini 40 % foyda bilan sotdi. Jami sotuvdan 32 % foyda ko‘rish uchun u qolgan molini necha foiz foyda bilan sotishi kerak?
14. 1) 1 kg i 200 so‘mdan olingan uzumning 3 kg idan 1 kg sharbat olinib, 720 so‘mga sotildi. Uzumning narxi 50 so‘mga arzonlashdi. Tijoratchi avvalgi foydani saqlab
qolmoqchi. Sharbatning yangi narxi dastlabkisidan necha so‘mga arzon qilinishi kerak?
2) 20 % li sharbat hosil qilmoqchisiz. Ayting-chi, necha litr qaynagan suvga 200 gramm shakar qo‘shasiz?
15. 1) Idishda dastlab ma’lum miqdor suv bor edi. Agar idishga a litr suv quyilsa, idishning 18 qismi to‘ladi. Agar idishdagi dastlabki suvdan a litr olib tashlansa, idishning
qismi to‘la bo‘ladi. Dastlab idishning qancha qismi to‘la bo‘lgan?
2) Idishning qismi bo‘sh. Ahmad idishni to‘ldirmoqchi. U idishdagi suvning qancha qismi qadar suv quysa, idish to‘ladi? Unga yordam bering.
16. Yerning birinchi ikkita sun’iy yo‘ldoshi massasi 592,4 kgni tashkil qildi. Birinchi sun’iy yo‘ldosh uchinchisidan 1243,4 kg yengil, ikkinchisi esa 818,2 kg yengil. Yerning
birinchi uchta sun’iy yo‘ldoshining har birining massasini toping.
17. Qayiq daryo oqimi bo‘yicha 2,4 soat va oqimga qarshi 3,2 soat suzdi. Qayiqning oqim bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘li oqimga qarshi bosib o‘tgan yo‘lidan 13,2 km ortiq bo‘ldi. Agar daryo oqimining tezligi 3,5 km/soat bo‘lsa, qayiqning turg‘un suvdagi tezligini toping.
18. Bo‘ston va Guliston qishloqlari orasidagi masofa 72 km. Bu qishloqlardan ikkita sayyoh bir vaqtda yo‘lga chiqdi. Birining tezligi soatiga v kilometr, ikkinchisiniki esa soatiga u kilometr. 2 soatdan so‘ng ular orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi? Hamma hollarni qarang va tahlil qiling.
Xodani 3 bo‘lakka arralash uchun 12 minut kerak. Shu xodani 4 bo‘lakka arralash uchun necha minut kerak bo‘ladi?
19. Idishning qismi suv bilan to‘la. Bu suvning qismi ishlatilgandan keyin unga 45 l suv solinsa, idishning 18 qismi bo‘sh bo‘ladi. Idishga jami necha litr suv ketadi?
20. Sinovda 60 ta savol berildi, har bir to‘g‘ri javob 5 ballga baholandi. 4 ta noto‘g‘ri javob uchun jarima sifatida bitta to‘g‘ri javob bekor qilinadi. Bu sinovda hamma savollarni belgilagan bir o‘quvchi 225 ball olgan bo‘lsa, u nechta savolga to‘g‘ri javob bergan?