Musiqa darslari o'zining badiiyligi, qiziqarliligi va obrazli kechinmalar uyg'otishi bilan maktabdagi boshqa fanlardan ajralib turadi. Musiqa bolalaming aqliy va axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi. Badiiy tarbiya esa uning mantiqiy mazmunidir. Musiqa darsining ichki tuzilishi musiqa tarixi, nazariyasi va ijrochiligiga doir turli namunalardan - vokal-xor mashg'ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar cholg'u asboblarida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Shuning uchun u aralash dars tipiga kiradi. Yana musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni «tili» bilan farq qiladi. Musiqa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohanglar vositasida ifodalanadi, musiqani faqat tinglabgina idrok etiladi. Musiqa aniq vaqt o'lchovi bilan bog'langan san'atdir. Ijro etilayotgan asarni musiqa sur'atiga sozlanib, uning har bir elementini anglab olib tinglanmasa asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun ham musiqa asarlarini qayta-qayta tinglanganda uning yangi badiiy qirralari ochilib boradi. Musiqa darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va tamoyillari asosida tuziladi. Mazkur tamoyillar dars mazmuni, metodlari va darsning tuzilishidagi asosiy talablar va uning yo'nalishlarini belgilab beradi. O'qitish jarayonining asosiy qonuniyatlari didaktik tamoyillarda o'zining aniq ifodasini topgan. O'qitish tamoyillari deganda o'qitish asosida yotadigan o'quv jarayoni va uning o'tkazishning butun jarayonini tashkil etish mazmuni, metodlari, shakllarining tanlanishini belgilaydigan boshlang'ich qonunlarini tushunmoq kerak. Tamoyillar o'rtasida o'zaro uzviy aloqa mavjud. Ulardan birining buzilishi o'z-o'zidan ikkinchisining buzilishiga olib keladi. Tamoyillardan o'qitish qoidalari kelib chiqadi. Qoidalar o'qituvchining ayrim usullari xarakterini belgilaydi va tamoyillami amalga oshirishga olib keladi. Qoidalar faqat didaktika tomonidan emas, balki o'quv vaziyatiga tegishli bo'lgan xususiy metodikalar tomonidan ham ishlab chiqiladi.. Onglilik va faollik tamoyillari. Mazkur tamoyil didaktikaning yetakchi tamoyillaridandir. Pedagogning rahbarlik roli asosidagi o'quvchilaming onglilik va faollik tamoyillari o'qitish jarayonida o'quvchi o'rganilayotgan musiqa materiallarini chuqur anglashini, asarlarning mazmuni va mohiyatini tushunishini va natijada, egallangan bilim hamda malakalarini amalda maqsadga muvofiq qo'llashga qodirligini nazarda tutadi, chunki musiqiy bilimlami o'zlashtirish - o'quvchi aqliy faoliyatining asosiy sifati bo'lgan bilim jarayoniga bog'liq. Musiqani ongli idrok etish va bilish o'z navbatida asami badiiy ohang va mantiqiy jihatdan turg'un saqlanishini ta'min etadi. Shuni esdan chiqarmaslik zarurki, diqqat, qiziqish va ongli ravishda o'rganilgan qo'shiq ohangi va tinglangan musiqa kuyi xotirada bir umr saqlanib qoladi. Garchi u vaqti-vaqti bilan takrorlanib turilmasa ham. Musiqaning metodik xususiyatlar, undagi ko'p ovozlilik, qo'shiq material lari, musiqiy lavhalar, kompozitorlar hayotiga doir sanalami shunchaki yod olishdan iborat bo'lmay, balki u bolalarda turli hissiyot tuyg'ularini, fikriy kechinmalar, xayol, estetik-badiiy didlar uyg'otib, hosil bo'lgan qandaydir obrazlar va g'oyalar haqida o'ylashga undashi lozim. Musiqa idroki bolaning hayotiy tajribasini boyitadi, real voqelikni badiiy his etib, bilish qobiliyatini o'stiradi, fikrlash xususiyatini rivojlantiradi. Ammo mazkur malaka va ko'nikmani shakllantirish bola ongida uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. Kichik musiqa asarini idrok etishga ko'nikkan bola yirik musiqa asarini idrok eta olmaydi. Demak, bolaning musiqa idroki qobiliyatini bu darajaga yetishi uchun katta asarni eshitib bilishga lozim bo'lgan biiim, malaka va ko'nikmalami ongli ravishda faol o'zlashtirishi lozim. Ammo bu o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Buning uchun musiqa tarbiyasida tizimli va davomiylik tamoyilini qo'Hagan holda bolaning o'quv materiallarini ongli bilib o'zlashtirishi, biiim jarayonining faolligini vujudga keltirishi lozim. Ongli munosabat avvalo o'qitishning mazmuni, dars berish usullari bilan bog'liq bilish istagining tug'ilishini taqozo etadi. Musiqa darsining o'zi qiziqarli bo'Iganidagina o'quvchi o'qishga intilib turadi. Bu o'rinda ko'p narsa o'qituvchiga, uning ish uslubi va metodiga, o'quvchilarga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Ma'lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o'zlashtirish va undan badiiy-estetik zavqlanib, g'oyaviy boyish uchun mazkur asami idrok etishga, bolaning eng avvalo, diqqat e'tiborini jalb eta bilish va unda qiziqish uyg'ota bilish shart. Aks holda onglilik va faollik vujudga kelmaydi. Ma'Iumki, badiiy adabiyot, tasviriy san'at va haykaltaroshlik asarlarini, tabiat go'zalligi va muzey eksponatlarini kishi ixtiyoriy ravishda o'zining badiiy ehtiyojiga mos sur'atda o'qiydi va tomosha qiladi hamda idrok etadi. Ammo musiqa bunday imkoniyatdan mustasnodir. Chunki musiqa tinglovchisi ham, kuylovchisi ham, ijrochisi ham kompozitor belgilagan tempga sozlanishi, shu tempda kuylashi va tinglashi zarur. Aks holda musiqa va tinglovchi o'rtasida uzilish hosil bo'lib, idrok buziladi. Shuning uchun ham musiqa darslarida onglilik va uning faolliligi muhim rol o'ynaydi. O'quvchilaming darsda onglilik va faolliligi vokal-xor malakalarini shakllanishi uchun zarurdir. Buning uchun o'qituvchining tushuntirish vositalarining maqsadga muvofiqligi, aniq va ravshanligi, bolalaming so'z boyligiga mosligi, vokal mashqlari va qo'shiqlar esa ulaming ovozi va kuylash malakalariga mos tushishi shart. Musiqa savodidan o'rganishda esa onglilik va faollik musiqani nazariy va amaliy jixatdan to'g'ri bilish va o'zlashtirishini osonlashtiradi. Bilishning faol xarakterga ega ekanligi o'quv faoliyatida ham namoyon bo'ladi. O'quvchilar musiqiy o'quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushunishi va o'zlashtirishi mumkin. O'quvchi qiziqishi va o'qish istagi borligi uchun mustaqil . ravishda mehnat qiladi. Uning musiqa darsidagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o'rinda musiqa o'qituvchisining roll o'quvchiga o'z o'qish vaqtini to'g'ri tashkil etishga yordam berishdan, unga aqliy faoliyatning ratsional usullarini o'rgatishdan iboratdir. Musiqa darslarida ilmiylik, tizimli va davomiylik tamoyili. Dmiylik tamoyilini o'rganilayotgan materiallar hajmi hamda qiyinlik darajasining shug'illanuvchilarning yoshi, individual xususiyatlari, tayyorgarlik darajasiga muvofiq bo'lishi talabini anglatadi. Bu tamoyilni amalga oshirar ekan o'qituvchi musiqiy asar, faoliyat turlari, savolni o'rganish uchun zarur bo'ladigan vaqtni aniqlaydi. U o'quvchilarga tushinarli bo'ladigan yangi tushuncha, musiqiy iboralar hajmini, o'rganilayotgan faoliyat turlarini yoritish chuqurligini, amaliy ijro murakkabligini, o'qitish metodlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlaming tarixiy rivojlanishi qurshab turgan olam qonuniyatlarini kamroq tushunishdan yanada chuqurroq tushunnishgacha ko'tariladi. Ilmiy bilimlar ilmiylik xususiyatini yo'qotmagan holda musiqa olamini har xil darajada tushuntirib berishi mumkin. Shuning uchun ham o'quv dasturida o'rganilayotgan musiqa asarlari o'quvchilaming yoshiga, ulami rivojlanish darajasiga qarab ko'proq yoki kamroq teranlik bilan izoxlab berilishi mumkin. Masalan, Davlat Madhiyasi barcha sinflarda o'rganiladi. Bu asaming ilmiy ta'rifi yil sayin chuqurlashib boradi. Madhiya o'rgatilishining birinchi bosqichida yuzakichilikka yo'l qo'ymaslik kerak. Har bir dars singari musiqa darsi ham o'zining tuzulishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi zarur. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi musiqa ta'limi va tarbiyasida asosiy negizdir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qonun-qoidalar, xulosalar, umumlashma musiqaviy tajribalar tarzida o'z aksini topgan. Ulami o'zlashtirish musiqa amaliyoti yo'lida bilim va ko'nikmalar hosil etishi demakdir. Musiqa darslari jarayonida o'quv materiallarining bolalar bilim va tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to'g'ri o'rgatish, asarlami bolalaming idrok etish qobiliyatiga mos tahlil etish va boshqalar musiqa darsining ilmiylik tamoyilini tashkil qiladi. Ilmiy dunyoqarashni muayyan bilimlar tizimi asosidagina tarkib toplirish mumkin. Shuning uchun ta'lim tizimli va davomiy bo'lishi kerak. Dars shaxsni tarkib toptirishning asosiy vositasi, tizimli ilnilarning asosiy manbai bo'lishi kerak - faqat shunday sharoitdagina u katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. Musiqa darsi o'z ishida ta' limning tizimlilik va davomiylik tamoyillariga amal qilgan taqdirdagina o'quvchilarga tizimli bilim berish malakalami singdirish mumkin. Ilmiylikni tizimliliksiz amalga oshirib bo'lmaydi. Musiqa darsining barcha faoliyat turlari hamda keyingi darslaming ham o'zaro mantiiqiy bog'lanishi tizimlilikni tashkil qiladi. Bir xil musiqa asarini turli xil yo'llar, metodlar, vositalar bilan o'rganlishi mumkin. O'qituvchi asami o'rgatishning tegishli aniq sharoit uchun eng maqbul tizimini qidirib topishi mumkin. Kuylash va tinglash uchun asarlami bolalar bilimi va malkalari, vokal va xor malakalari darajasiga xos tanlash hamda ulami oddiydan murakkabga va ma'lumdan noma'lumga qarab o'zlashrib borish tamoyili asosida tartibga solish tizimlilik demakdir. Darsning har bir elementi o'z navbatida har bir dars galdagi darsning mantiiqiy davomi bo'lib, pedogogik maqsadlarini tabora amalga oshirliishi esa davomiylik tamoyili demakdir. Musiqa faoliyatlari davomida o'quvchi shaxsining darsga qobiliyatliligi, mehnatsevarligi yoki yalqovligi, o'qishni istamasligi, qatiyyatliligi yoki bo'shligi, intizomliligi yoki poyntar-soyintarligi, bilim olishga qiziqishi yoki qiziqishi yo'qligi, kam yoki tez toliqishi va shu kabi xislatlari namoyon bo'ladi. O'quv ishi tizimi, agar o'qituvchi ta'sir o'tkazlsh tizimini oldindan rejalashtiradigan bo'Isa, har bir darsda bolada ijobiy fazilatlami tarbiyalashga yordam beradi. Musiqa darslarida ko'rgazmalilik tamoyili. Ko'rgazmalilik tamoyilining mohiyati o'qituvchi o'rganilayotgan musiqa fani va undagi faoliyatlar haqida o'quvchilarga aniq, ravshan tasavvur yaratishidadir. Bunday tasavvurlar musiqa asarini yanada chuqurroq tushunish uchun zamin hisoblanadi. Shuni aytib o'tish joizki, ko'rgazmalilik faqat bilimlar manbai rolini bajarib qolmaydi, balki o'quvchilaming rivojlanishlariga ham ta'sir qiladi. Ko'rgazmalilikni qo'llash tafakkur va nutqning rivojlanishiga yordam beradi, abstraktdan konkretga o'tishni osonlashtiradi, idrok va diqqatni uyushtirishga ko'maklashadi. Ko'rgazmalilik tamoyili qo'yidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
- ko'rgazmalilik darsning maqsadi va vazifasiga muvofiq keladi;
- ko'rgazmalilik og'zaki tushuntirish bilan birga qo'shib olib boriladi;
- darsda ko'rgazmalilik haddan tashqari ko'p qo'lianilmaydi;
- o'qituvchi namoyish qilish o'rni, vaqti va davomiyligini to'g'ri aniqlaydi;
- ko'rgazmalilikni amalga oshirishda o'quvchilarning xususiyatlari va tayyorgarlik darajasiga asoslanadi.