Musiqa madaniyati


«Ruslan va Lyudmila» operasining qisqacha mazmuni



Yüklə 87,04 Kb.
səhifə7/11
tarix19.05.2023
ölçüsü87,04 Kb.
#117776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Glinka kurs ishi 401 (2)

«Ruslan va Lyudmila» operasining qisqacha mazmuni
Voqea Kiyevda bo’lib o’tadi. Knyaz Svyatozar qizi Lyudmilaning to’yini o’tkazmoqda. Mehmonlar orasida Lyudmila visoliga yetisholmagan xon Ratmir va pahlavon Farlaf ham bor. To’satdan chaqmoq bo’lib, knyaz mehmonxonasi qorong’ulikka g’arq bo’ladi. Oydinlashganda mehmonlar Lyudmilaning g’oyib bo’lganligini sezib qoladilar. Baxtsiz Svyatozar kimdakim Lyudmilani topib, Kiyevga olib kelsa, uni o’shanga nikoh qilib berishga va’da beradi. Lyudmilani topish uchun Ruslan, Ratmir va Farlaf uzoq va xatarli safarga otlanadilar. Ularning yo’lida hilma-xil sarg’uzashtlar sodir bo’ladi. Ruslan yo’lda saxiy sehrgar Finni uchratadi. Finn unga Lyudmilani jodugar Chernomor tomonidan o’girlanganligini va knyaginyani axtarib topishda unga yordam berishligini aytadi. Ruslan tog’u- dashtlar, cho’lu- biyo’bonlarni kezib ko’p yuradi, nihoyat tikonzor-u changalzorga aylangan jang maydoniga yetib keladi. Bu yerda u bahaybat kalla bilan jang qiladi, uni yengadi va ostiga yashirib qoyilgan sehrli qilichni oladi. Qora niyatli, sehrgar Naina Ratmir bilan Ruslanni o’z qarorgohiga aldab olib kiradi. Har ikkala pahlavon bu sehrli joydan chiqolmay umrbod qolib ketishlaridan qayg’uradilar, ammo Finn yana ularga yordam qiladi. Pahlavonlar Lyudmilani izlashni davom ettiradilar. Bu vaqtda Lyudmila Chernomorning bog’i eramida qayg’urib yotardi. Ruslan paydo bo’ladi va Chernomorni yakkama-yakka olishuvga chaqiradi. Jodugar Lyudmilani mangu uxlatadi va Ruslan bilan jang boshlaydi. Ruslan g’olib chiqadi, ammo Lyudmilani uyg’otolmaydi, uning barcha urinishlari zoya ketadi. Faqat Finn bergan sehrli uzuk qizni uyg’otadi. Tantanali xor sadolari Ruslan bilan Lyudmilani olqishlaydi.
«Ruslan va Lyudmila» operasi epik-ertak opera namunalaridan hisoblanadi. Glinka o’z qahramonlari obrazlarini ifodalash uchun chuqur mazmunli va yorqin ifodali musiqa yaratishga muvaffaq bo’ladi. «Ruslan va Lyudmila» operasining musiqaviy- badiiy afzalliklari Glinka ijodiy istedodining yangicha uslubining yutuqlari Peterburg aslzodalar jamiyatiga tushunarli bo’lmadi. Mana shu sababdan ham opera nihoyatda sovuqqonlik bilan kutib olindi. Glinkaga bu muvaffaqiyatsizlik qattiq ta’sir qildi.U 1844-1847-yillarda Frantsiya va Italiyada bo’ldi va xalq- raqs mavzulariga asoslangan «Aragon xotasi» nomli ajoyib simfonik uvertyura yaratdi. Glinka hayotining so’nggi yillarida «Kamarinskaya» simfonik fantaziyani yozdi. Bu mashhur asarida ikkita xalq qo’shig’i: sekin va cho’zib aytiladigan to’y qo’shig’i «Baland tog’lar orqasidan» va quvnoq, tez aytiladigan raqs qo’shig’i «Kamarinskaya»dan ustalik bilan foydalandi. Glinka 1857 yilda vafot etdi. M.I. Glinka o’z opera, simfonik asarlari va romanslarida rus musiqasining qaysi yo’l bilan shakllanishini va rivojlanishini ko’rsatib berdi. Glinkaning ijodiy me’rosi ikkita opera, dramatik spektakllarga musiqalar ,vokal-simfonik asarlar, cholg’u ansambllari, sonata , pyesa, xorlar, 80 dan ortiq ashula, qo’shiq, romans va hokazolardan iboratdir.

Yüklə 87,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin