Musiqa madaniyati



Yüklə 87,04 Kb.
səhifə6/11
tarix19.05.2023
ölçüsü87,04 Kb.
#117776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Glinka kurs ishi 401 (2)

«Ivan Susanin» operasi
Glinkaning “ Ivan Susanin” operasi – qahramonona xalq musiqa dramasidir. Opera uchun mazmun sifatida 1612 yilda haqiqatdan ham ro’y bergan Ivan Osipovich Susanin ismli dehqonning qahramonlik jasorati xizmat qilgan. Rostdan ham polshalik qo’shinlar Moskvadan haydalgandan keyin ham ag’da-bag’da to’dalashib to’qnashuvlarda qatnashgan. Ana shunaqa bir to’da Domnino qishlog’iga tinchlikbuzarlik bilan kelib, Moskvaga yo’l ko’rsatib berishni talab qiladi. Ivan Susanin esa ularni Moskva o’rniga yovvoyi, o’tib bo’lmas quyuq o’rmonga olib borib qo’ygan va u yerda polshalik dushmanlar, polshalik bezorilar qo’lidan jasurona vafot etgan. Opera 1836- yilning 27- noyabr kuni Peterburgda katta teatr sahnasida birinchi marta qo’yilgan.
“Ivan Susanin” operasining musiqasi haqida. I parda Domnino qishlog’ida bo’lib o’tadi. I parda – bosh qahramonlar va rus xalqining tavsifnomasidir. U kengaytirilgan xor introduksiyasidan boshlanadi. Inrtroduksiya 2 ta xordan- ayollar va erkaklar xoridan iborat. Erkak xori rus xalqining botirligini, jasurligini ifodalasada, ayollar xori esa jonli, chaqqon, ravshan, bahoriy davra qoshiqlariga yaqin. Raqs fe’liga ega. Introduksiya katta xor fugasi bilan yakun topadi.Introduksiyadan keyin Antonidaning Kavatina va rondosi keladi. Unda rus qizining nozikligi, sodiqligi, samimiyligi va soddaligi ifoda etiladi.Kavatinadan keyin rondo ijro etiladi. Musiqaning tavsifi ravshan, hursand. Qiz bolaning shoirona orzu- havaslar dunyosini ochib beradi. Sobinin, Antonida va Susanin “Ne tomi, rodimi’y”, degan trioni ijro etishadi. Ushbu trioda yoshlar Susanin- otadan to’yiga roziligini olishadi. II Parda. Polsha qiroli Sigizmund qasrida hashamatli (muhtasham) bal. Butun parda birinchiga nisbatan kontrast xosil qiladi. Sodda qo’shiq o’rniga, xorlar o’rniga, asosan raqs musiqasi ijro etiladi. Birin- ketin 4ta raqs- polonez, krakovyak,vals, mazurka yangrab, oziga xos deyarli faqat polsha raqslaridan tarkib topgan simfonik syuitasini tashkil etadi. III parda Ivan Susanin oilasida to’yga tayyorgarlik ko’rish.Birdaniga polyaklar paydo bo’lib, Moskvaga yol ko’rsatib berishni talab qilishadi. III parda “Kak mat’ ubili ” deb nomlangan Vanyaning qo’shig’i bilan boshlanadi. Bu qo’shiq yetim Vanyaning tavsifnomasidir.Vanya uni asrab qolgan Ivan Susanin otasiga o’z minnatdorligini, sodiqligini bildirib, kuylaydi. Vanyaning qo’shig’i rus xalq qo’shiqlariga yaqin. Undan keyin Vanya, Antonida va Sobinin ijrosida kvartet yangraydi. Polyaklar bilan Susanin sahnasi. Polyaklar tavsifnomasi polonez va mazurka usulu orqali yoritiladi. Susanin esa xotirjam va jasurona tarzda polyaklar bilan so’zlashadi. Uning musiqasida “Slavsya” xorning mavzusi paydo bo’ladi. Uyidan ketishdan oldin Susanin qizi bilan hayrlashadi. Musiqa g’amgin va motam ranglarga bo’yaladi. “Razgulyalisya, razlivalisya vodi veshniye po lugam.” Nomli to’y xori – operaning eng dramatikdamlardan biri. Xor 5 hissali(5/4) o’lchovida, rus xalq to’y marosimlarida kelin- kuyovni sharaflash qo’shiqlariga yaqin. Antonidaning “Ne o tom skorblyu, podrujen’ki ”romans- qo’shig’i operaning eng shoirona va ajoyib sahifalarifdan biri. IV parda. Vanya ijrosida “Bedniy kon’ v pole pal” degan hayajonli rechitativi yangrab o’tadi. Susanin rechitativ va ariyani kuylab o’tadi. Aynan shu ariyasi ichida Susaninning qahramon va vatanparvar qiyofasi ohirigacha ochib beriladi. “Ti’ vzoydyosh moya zarya !”, nomli ariyasida o’limni sezib, Susanin uydagilarini eslab, ular bilan hayolan xayrlashib, o’z o’limini mardlarcha kutib oladi. “Tuda zavyol ya vas, kuda i seriy volk ne zabegal ” so’zlarida, polyaklar uni o’ldirib yuboradi.Orkestrda shu payt – “Vniz po matushke, po Volge” ko’shig’ining ohanglari yangrab o’tadi/ Epilog. Moskvada, Qizil maydonda xalq o’z qahramonlarini sharaflaydi. “Slavsya” nomli xori ijro etiladi. Xor marsh janriga yaqin.
Ivan Susanin ” operasi.
4 pardali, epilogli opera.Yangi matn muallifi S. Gorodetskiy.
Qatnashuvchi shaxslar:
Ivan Susanin-Domnino qishlog’ida yashovchi bir dehqon…..….bas.
Antonida, uning qizi………………………………… .…..…soprano.
Vanya, Susaninning boqib olgan o’gay o’gl….…………….kontralto.
Bogdan Sobinin, Antonidaning kuyovi, askar…….……………tenor.
Rus askari…………………………………………………………bas.
Polshaning elchisi……………..……………………….………tenor.
Sigizmund, Polshaning qiroli ………………………………...…..bas.
Xorlar: dehqonlar, askarlar, polshalik qizlar, ritsirlar. Polshalik yigit-qizlar baleti. Opera xarakati 1612- yilning kuzi va 1613- yilning qish paytida sodir bo’ladi. I parda – Domnino qishlog’ida, II parda-Polshada, III parda- Susanin xonadonida, IV parda-o’rmonda, Epilog- Moskva shahrida, Qizil Maydonda bo’lib ko’rsatiladi.
**********
Domnino qishlog’ining aholisi qaytib kelgan askarlarni quvonch bilan kutib oladi. Bittagina Antonida mayus va hafa. U o’z qallig’i Bogdan Sobinin qaytishini intizor kutmoqda. Bogdan qo’shin bilan Polsha shlyaxtasiga qarshi kurashgani ketgan. Antonida to’y haqida qayg’uradi.Otasi- hozir to’y mavridi emas, vaqt, zamon notinchligini tushuntiradi. To’satdan daryo tomondan qo’shiq ovozi eshitiladi. Bu Sobinin o’z qo’shini bilan qaytmoqda.U hush-xabar olib keldi: Minin va Pojarskiy boshchiligida xalq orasidan ixtiyoriy qo’shin yig’ilishini aytadi. Dehqonlar xursand, endi ular polshaning hukmdorligidan ozod bo’lishadi. Ivan Susaninning to’yini qoldirish haqidagi qarori Sobinin kayfiyatini ancha tushurib qo’yadi, chunki u jona-jon qishlog’iga aynan to’yni ko’zlagan maqsadida qaytib kelgan. Oldin Susanin to’yni qilmay turamiz deb turib oladi, ohiri to’yga roziligini berib, ikki yoshga oq fotiha beradi.
Qirol Sigizmund III qadimgi Polsha qasrida o’z g’alabasiga ishongan shlyaxta to’y-tantana qilmoqda. Muhtasham zalda son-sanoqsiz mehmonlar; birin-ketin Polsha xalq raqslari ijro etilmoqda. Birdaniga raqslar to’xtatilib, zalga elchi kirib keladi.U Polsha qo’shinlarini mag’lubiyatga uchrashini va Moskvadagi polsha otryadni asirga olinishi haqida xabar yetkazadi.Polyaklar hayron.Ritsarlari qurollarini olib, Rossiya tomonga otlanmoqchi. Susaninlar oilasida to’y taraddudi.Vanya Sobinin bilan birga polyaklarga qarshi urushga bormoqchi. Kirib kelgan dehqonlar kelin va kuyovni tabriklaydi. Birdaniga otlar chopishi eshitiladi.Eshik ochilib, uy ichiga polyaklar kirib kelishadi. Moskvaga yetib borish uchun ularga yo’l boshchi kerak.Dushmanlar Susaninni ko’ndirmoqchi, lekin u sotqin emas, u vataniga sodiq inson.Oxiri yovlar unga oltin taklif qilishadi.Susanin ichidan bir narsa o’ylab qo’yib, rozilik beradi.U polyaklarni Moskva o’rniga ,o’tib bo’lmas quyuq o’rmonga olib borib qo’ymoqchi. Dushmanlarga bilintirmasdan, Vanya o’g’lini sekin Minin va Pojarskiy oldiga jo’natib yuboradi. Vanya ularni ogohlantirib qo’yishi kerak bo’ladi. Susanin esa polyaklarga yo’l ko’rsatgani ketadi. Sobinin dushmanlar orqasidan , qo’shinni yig’ib, quvlaydi. Vanya, Minin va Pojarskiylarga yetib olib, Susaninni tezroq qutqarish to’g’risida yolvorib, yordam so’raydi. O’rmonda charchagan va muzlab qolgan polyaklar ketmoqda. Susanin haqida yo adashgan, yo ataylab noto’g’ri yoldan ularni boshlab ketganini gumonsiraydilar. To’htab, polyaklar dam olmoqchi. Ular uhlab qolganda, faqat Susanin o’yg’oq. U baribir o’ladi. Оmon qolmasligini sezib turgan. Jon berish o’gir, lekin o’z vatanparvarlik burchini u ado etdi. Bo’ron ko’tariladi. Uyqudan turganda polyaklar noto’g’ri joyga borib qolganlarini sezib qolishadi. Susanin ularga bor hakiqatni ochadi. Jahli chiqqan polyaklar uni o’ldirishadi. Moskvada, Qizil Maydonda xalq rus qo’shinlarni muborakbod etmoqda .Vanya, Antonida va Sobinin ham shu yerda. Xalq polyaklardanozod bo’lishni va g’alaba qozonish uchun o’z jonini fido qilgan qahramonlarini sharaflaydi.

Yüklə 87,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin