O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti bitiruvchisi 1807-guruh talabasi Sattorova Maftuna Zayniddin qizining “Turizm sohasidagi reklama matnlarini ingliz tilidan o'zbek/rus tillariga tarjima qilish muammolari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga TASHQI TAQRIZ M. Sattorovaning “Turizm sohasidagi reklama matnlarini ingliz tilidan o'zbek/rus tillariga tarjima qilish muammolari” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishining dolzarbligi shunda ko‘rinadiki, sayyohlik agentliklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'risida ma'lumot manbalari sifatida sayyohlik saytlari sonining tobora ortib borishi, shuningdek, ushbu turdagi matnlarni tez va sifatli tarjima qilish zarurati bilan bog'liqligi batafsil yoritib berilgan.
Talabaning olib borgan tadqiqot ishi kafedraning ilmiy yo‘nalishiga to‘liq mos keladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarda aks etadi:
reklama matnining funksional-stilistik xususiyatlari va til dizaynini o‘rganish;
reklama matnlarining asl va tarjimasini qiyosiy tahlil qilish;
ushbu turdagi matnlarni ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilishda qoʻllaniladigan oʻzgarishlarni tavsiflab berish;
Sayohat saytlari mazmunini tarjima qilishning samarali strategiyasini taklif qilish.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat.
Bitiruv malakaiy ishining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, o‘rganish davomida olingan xulosalar o‘xshash mavzularda ilmiy ishlar yozishda hamda tarjimonning amaliy faoliyatida axborot manbai sifatida foydalanish mumkin..
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati esa arxitektura va qurilish sohasiga doir ikki tilli, izohli lug‘atlar yaratish mumkinligida aks etdai.
Tadqiqot ishi bo‘yicha xulosalarda tadqiqotchi mavzu bo‘yicha nazariy fikrlarni keng amaliyotda tadqiq etgan holda o‘z xulosalarini bildirib o‘tgan. Xulosalar keng ilmiy o‘rganilgan, tahlil etilgan materiallar asosida chaqirilgan.
Talaba M.Z.Sattorovaning bitiruv-malakaviy ishi BMIga qo‘yilgan talablarga to‘liq mos keladi.
Taqrizchi: Ish joyi, kafedrasi, lavozimi, unovni
F.I.SH