Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining


 BOB. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#45362
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining

1. BOB. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa 

tarbiyasi va metodikasi 

 

Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta’lim muassasasida 



va  oilada  olib  boriladigan  barcha  tarbiyaviy  ishlar,  bu  oliyjanob  fazilatlarni  yosh 

avlodda  bog‘cha  yoshidan  boshlab  shakllantirishga  bog‘liq.  Darhaqiqat,  musiqa 

savodini  o‘rganish  bog‘cha  yoshidan  boshlanadi.  Ko‘pgina  bolalar  maktabgacha 

tarbiya davrida bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida dastlabki 

musiqaviy  malakalarni  hosil  qiladilar.  Ko‘pgina  qo‘shiqlar  va  o‘yinlarni  o‘rganib 

olgan  hamda  ritm  va  raqs  harakatlari  bilan  tanishgan  bo‘ladilar.  Uyda 

tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‘ladilar: radio va 

televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo‘ladi. 

Garchi  ana  shu  bilimlar  sistemaga  solinmagan  bo‘lsa-da,  musiqa  o‘qituvchisi 

bolalarda  musiqadan  nazariy  tushunchalar  hosil  qilishda  o‘sha  bilimlarga  ma’lum 

darajada  suyanib  ish  ko‘rishi  mumkin.  Bolalar  muassasalarida  musiqa  ta’limiga 

asos solinadi, shuning  uchun musiqa rahbari ayniqsa o‘qitish metodikasini yaxshi 

bilishi,  bog‘cha  yoshidagi  kichik  bolalarning  yosh  va  ivdividual  xususiyatlarini, 

ularning  musiqa  va  qo‘shiqchilik  imkoniyatlarini  chuqur  bilishi  zarur.  Musiqa 

ta’limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. 

 Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – bolalarning 

musiqa  uquvini  o‘stirishdir.  SHu  vaqt  mobaynida  bolalar  musiqa  tovushlarining 

baland-pastligi  va  cho‘zimi  kabi  o‘ziga  xos  xusussiyatlarni  ajrata  bilishga 

o‘rganishlari  va  nota  yozuvini  o‘rganishga  tayyorlanishlari  kerak.  Ikkinchi 

bosqichda  nota  savodi,  ya’ni  bevosita  musiqa  tovushlarining  grafik  usulda 

ifodalanishi  –  nota  yozuvini  o‘rganishga  kirishiladi.  Musiqa  mashg‘ulotlari 

jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar 

yoshiga  mos  musiqa  asarlari  kichkintoylarda  unutilmas  taassurot  qoldiradi, 

ularning  ruhiy  dunyosini  boyitadi.  Bog‘cha  sharoitidagi  musiqaviy  tarbiya  badiiy 

adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula 

aytish usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg‘u pesalarini tinglash, 




 

musiqaviy  o‘yinlar  bilan  shug‘ullanish  va  raqsga  tushish  jarayonida  musiqa 



mashg‘ulotlari  ko‘pincha  badiiy  so‘z  bilan  belgilanadi.  Bola  badiiy  obrazlarni 

yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at asarlaridan 

unumli  foydalaniladi.  Turli  metodlardan  foydalanib  o‘tkaziladigan  har  bir  musiqa 

mashg‘ulotlari  kichkintoylarda  badiiy  estetik  zavq  uyg‘otadi,  ularning  his-

tuyg‘ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va nutqini o‘stiradi.  

Bundan  tashqari,  musiqaviy  o‘yin  va  postanovkalar,  raqslar  bolalarda  ritm 

tuyg‘usi,  chaqqonlik  va  harakatchanlik  malakalarini  rivojlantiradi  hamda 

qomatning  to‘g‘ri  o‘sishiga  yordam  beradi.  Musiqa  uquv  qobiliyati  asosan 

quyidagi  musiqa  uquv  turlaridan  iborat  bo‘ladi:  musiqaviy  uquvi,  musiqaviy 

tovushlarning  baland-pastligini  his  etish  qobiliyati,  tembr  uquvi  (musiqa 

tovushlarining  bir-biridan  farq  qiladigan,  o‘ziga  xos  jihatlarini  ajrata  bilish 

qobilyati),  ritm  tuyg‘usi  va  musiqa  xotirasi.  Bolalar  bog‘chasida  olib  boriladigan 

musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:  

1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish. 

2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda 

emosional  his-tuyg‘ularini  hosil  etish  yo‘li  bilan  ularning  musiqa  haqidagi 

tasavvurlarini boyitib borish. 

3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula 

aytish,  musiqa  bilan  harakat  qilish,  raqsga  tushish  va  bolalarning  oddiy  musiqa 

asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib 

borish. 

4.  Bolalar  ovozini  asrab  tarbiyalash,  ashula  aytishning  dastlabki  ko‘nikmalarini 

hosil etish, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish. 

5.  Musiqa  asaralaridan  ta’sirlanish,  shu  asosda  bolalarda  musiqaviy  did  va  badiiy 

muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish. 

6. Turli  musiqa  mashg‘ulotlari  jarayonida improvizasiya  qilish musiqadagi badiiy 

obrazni  o‘yin  va  xor  ovozlar  vositasida  ifoda  etish,  ma’lum  musiqaviy  mavzuga 

yangi o‘yin o‘ylab topish. 




 

7.  Musiqaviy  tarbiya  mashg‘ulotlarini  bog‘cha  hayoti  bilan  bog‘lash,  bog‘chada 



o‘tkaziladigan  turli  mashg‘ulotlarda  va  marosimlarda  o‘rganilgan  kuy  va 

qo‘shiqlardan  keng  foydalanish,  turli  ertaliklar,  konsertlar  uyishtirish  vositasida 

musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo‘ldoshi ekanligi haqida bolalarda 

tushuncha hosil qilish. 

Musiqiy tovushlar va ularning xususiyatlari. Tovush qator registr va ularning 

vazifalari  Tabiatda  uchraydigan  hamma  tovushlar  musiqali  va  shovqinli 

tovushlarga  ajratiladi.  SHovqinli  tovushlar  qasirlash,  g‘ijirlash,  dukullash, 

gumburlash  singarilar  bo‘lib,  aniq  balandlikka  ega  emas.  SHuning  uchun  ular 

musiqada qo‘llanilmaydi. Musiqaviy tovushlar esa ma’lum balandlikka ega bo‘lib, 

insondagi eshitish analizatori bu tovushlarni payqab oladi. Musiqiy tovushlar turi, 

xususiyatiga  ko‘ra,  bir-biridan  farq  qiladi.  Bu  xususiyatlar  tovushning  balandligi, 

qattiqligi,  davomiyligi  va  tembrdan  iboratdir.  Tovushlar  balandligi  tebranuvchi 

jismning  tezligiga  bog‘liqdir.  Tebranish  qancha  tez  bo‘lsa,  tovush  shunchalik 

baland bo‘ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo‘lsa, tovush shunchalik past 

bo‘ladi.  Tovush  qattiqligi  tovush  manbayi  bo‘lgan  jismning  tebranish 

ampletudasiga bog‘liqdir. Tovush qanchalik qattiq bo‘lsa, shuncha qattiq ishlatiladi 

va  aksincha.  Tovush  cho‘zimi  manbayi  tebranishining  davom  etishiga  bog‘liq 

bo‘ladi. 

Musiqa ijrochiligi uchun belgilangan musiqaviy sistema o‘zaro munosabatda 

bo‘lgan  muayyan  balandlikdagi  tovushlar  tizilmasidan  (qatoridan)  iboratdir. 

Tovushlarning o‘z balandligiga qarab joylashishi sistemasiga tovushqator deyiladi. 

Musiqaviy  sistemaning  to‘liq  tovushqatorlarida  88  ta  xilma-xil  tovushlar  bor. 

Musiqaviy  sistema  tovushqatorlari  ettita  mustaqil  nomga  ega  bo‘lgan  asosiy 

bosqichlardan iboratdir. 

Do Re Mi Fa Sol Lya Si 

Bu  asosiy  tovushlar  fortepianoning  oq  klavishlari  (bosqich  pardalari) 

tovushlariga mos keladi. Tovushqatorlarining bu ettita bosqichi ma’lum bir vaqtda 

takrorlanib  turadi.  Bunda  yuqori  tomon  sanalgan  har  bir  8-  tovush  1-tovushga 

nisbatan ikki baravar kuchliroq tebranish natijasida hosil bo‘ladi va shu sababdan 



10 

 

ikki  marta  baland  bo‘lib  eshitiladi.  Bir  xil  nomdagi  tovushlar  oralig‘iga  oktava 



deyiladi.  Demak  oktava  tovushlarining  etti  asosiy  bosqichini  o‘z  ichiga 

birlashtiradi.  Butun  tovushqator  bir  necha  oktavaga  bo‘linadi.  Har  bir  oktavaning 

«Do»  tovushi  boshlang‘ich  bosqichning  tovushi  deb  qabul  qilingan.  CHolg‘u 

asboblari tovushlarning yoki inson ovozining ma’lum bir bo‘lagiga registr deyiladi. 

Registrlar  uch  xil  bo‘ladi:  pastki,  o‘rta,  yuqori  registrlar.  Registrlar  haqidagi 

tushunchani  mustahkamlash  va  o‘zlashtirishni  tekshirib  ko‘rish  uchun  quyidagi 

o‘yin-mashqni o‘tkazish foydali.  

Tarbiyachi  qo‘shiqni  turli  registrlarda  chaladi,  bolalar  esa  ularni  qo‘l  harakatlari 

bilan  ko‘rsatib  borishlari  kerak.  Agar  qo‘shiq  yuqori  registrda  chalinayotgan 

bo‘lsa,  ular  qo‘llarini  yuqoriga  ko‘tarishadi,  pastki  registrda  chalinayotganda  – 

pastga  tushurishadi,  o‘rta  registrda  esa  qo‘llarini  oldinga  uzatishadi.  Bu  o‘yinni 

tikka  turib  bajarish  yaxshiroq  bo‘ladi.  Bunda  ko‘zlanadigan  asosiy  maqsaddan 

tashqari, bir yo‘la go‘yo jismoniy engillikka ham erishish mashg‘ulotda ko‘tarinki 

ruh  paydo  qiladi.  Tovushlarning  baland-pastligini  aniqlash  birinchi  oktava  bilan 

cheklangach, shu tovushlarni eshitishnigina emas, balki ularni kuylashni ham talab 

etish kerak. O‘shanda bolalarning eshitib, tasavvur hosil qilishlari bilan bir vaqtda 

qo‘shiqchilik  sezgilari  paydo  bo‘la  boradi,  chunki  eng  baland  tovushlar  qo‘shiq 

aytishda o‘rtacha va past tovushlarga qaraganda ko‘proq zo‘r berishni talab etadi. 

Musiqa  savodi  musiqaning  ifoda  vositalari  musiqa  tovushlarining  yozish  usullari 

va musiqa nazariyasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiriladi hamda shu 

bir  qatorda,  notaga  qarab  ashula  aytish  bo‘yicha  amaliy  mashg‘ulotlarni  ham  o‘z 

ichiga oladi 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin