3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash,
11
4. Bolalarda emotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini
o‘stirish va harakatni o‘tirish.
5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).
6. Bolalarda ijodkorlikni o‘stirish (barcha faoliyatlar asosida).
Bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim jismoniy va ongli tarbiya
uyg‘unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to‘g‘ri
tashkillashtirilgan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya
maktabgacha yoshdagi bolalarda go‘zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va
yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga
yo‘naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko‘zga ko‘ringan omillaridan biri bu —
musiqadir. Bu maqsaddarga erishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning
umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning umumiy musiqiyligiga
nimalar asos bo‘ladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga
go‘zallikni kabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu masalalarni xal
etish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: