Musiqa tarixi fanidan



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/6
tarix21.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119069
1   2   3   4   5   6
kurs ishi Masharipova Rayxona

Tadqiqot ob’yekti: O’zbek xalq musiqa ijodida marosim qòshiqlari keng tarqalgan.
Tadqiqot predmeti: Mavsumiy marosim qòshiqlari oddiy mehnatkash xalq tomonidan oĝizdan oĝizga òtib kelyabdi.
Tadqiqot maqsadi: Mavsumiy marosim qòshiqlari oddiy mehnatkash xalq tomonidan oĝizdan oĝizga òtib kelyabdi.
Tadqiqot vazifalari :
Òzbek xalqi mumtoz musiqasi va mavsumiy marosim qòshiqlarini òrganish.
1. Mavsumiy marosim qòshiqlarining mehnatkash xalq tomonidan kuylanib kelinayotganligi haqida ma'lumot.
2. Mavsumiy marosim qòshiqlarining nomlari va ma'nolari.
3. Mavsumiy marosim qòshiqlarining ahamiyati.
I.Bob. Xalqimiz orasida keng tarqalgan mavsumiy marosim qòshiqlari.
I.1. Mavsumiy marosim qo’shiqlarining kelib chiqishi.

Marosim insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo’lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanadi. Marosim xalq sanati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o’ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi ananalari, odatlari, axloqiy qoidalarini o’zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo’lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


Marosim inson hayotidagi muhim voqеalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o’tadigan, o’z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo’shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar ananaviy xaraktеr kasb etadi. Har bir marosim o’ziga xos tuzilishga ega.
Marosimlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida undagi taraqqiyotning muntazam shakliy o’zgarishlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib boradi. Shuning uchun ijtimoiy hayot talablariga javob bеrmaydigan bazi marosimlar yoki ularga xos ayrim unsurlar asta-sеkin unutila boshlanadi yoxud davr mazmuniga muvofiq yangi, zamonaviy marosimlar paydo bo’ladi.
Marosimlar kishilarning manaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan manaviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to’kin-sochinlik, kundalik hayotida omad kеltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qatiy ananaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbir marosim dеyiladi. Marosimni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar, o’qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning vеrbal qismi sanaladi.

Kuchli ananaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarni rasmiylashtirishi, tabiat hodisalariga tasir ko’rsatishga intilishi bilan marosimlar ijtimoiy hayotda katta o’rin tutadi. Marosimning ruhiy va estеtik tasir ko’rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yo’naltirish vazifalari bеvosita xatti-harakat, so’z hamda sеhr-jodu qudratiga ega dеb hisoblangan narsalar vositasida amal qiladi.


O’zbek xalqining mavsumiy marosim qòshiqlari oddiy mehnatkash xalqning mehnat faoliyati davridagi ògizdan ogziga kochib kelayotgan milliy ashula va qoshiqlaridir
Mavsumiy marosim qo‘shiqlarining eng ko‘p namunalari go‘zal bahor fasli va undagi asosiy sana – Navro‘z bayramiga bog‘liq ijod etilgan. E'tiborlisi shuki, bu toifa namunalar asosan bolalar fol'klori tarkibida bizgacha yetib kelgan. Chunki bolalar ham kattalar qatori aksariyat marosimlarda qatnashib kelganlar. Xususan, “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Qaldirg‘och”, “Chitti gul”, “Oq terakmi, ko‘k terak” kabi hozirda ham ma'lum o‘yin-qo‘shiqlar bizgacha yetib kelgan.
Endilikda ko‘proq badiiy qiziqish uyg‘otayotgan “Sust xotin”, “Shox moylar”, “Arg‘imchoq” va h.k.lar kabi bir qator mavsumiy marosimlar esa fol'klor-etnografik ansabllar tomonidan qayta tiklanib, “sahnaviy” ko‘rinishlarda ijro etila boshlandi.
O‘zbek xalqining uzoq o‘tmishi davomida turli marosim va urf-odatlar shakllangan bo‘lib, ularda xalqimizning dunyoqarashi, hayotiy voqelikka munosabati, orzu-istaklari va umuman, ma'naviy dunyosi o‘ziga xos aks etilgandir. Shuningdek, ko‘p asrlik tarix jarayonida xalqimizning dunyoqarashi bilan bog‘liq ma'lum o‘zgarishlar ham bo‘lib turganki, buning oqibatida ba'zi marosimlar unutilib yuborilgan.
Fol'klorshunos olimlarimizning bergan ma'lumotlariga ko‘ra to‘rt faslga va mehnat mavsumlariga bog‘liq holda oid quyidagi marosimlar o‘tkazilgan:
1. Qish faslida – Yas-yusun, gap-gashtak;
2. Bahor faslida – Navro‘z bayrami, Shox moylar, Sust xotin;
3. Yoz faslida – Choy momo;
4. Kuz faslida - Obla baraka, Shamol chaqirish.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin