Musiqa tarixi fanidan


I.2. Mavsumiy marosim qoshiqlarining umumiy jihatlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/6
tarix21.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119069
1   2   3   4   5   6
kurs ishi Masharipova Rayxona

I.2. Mavsumiy marosim qoshiqlarining umumiy jihatlari

Mavsumiy marosim aytimlarida erishilgan muhim jihatlardan birini yani sifatli kuy-ohanglar tashkil qiladi. “Yangi sifat” mazmunida sakrama ohanglar tushunilib, ularning kelib chiqishi bahor mavsumi va Navro‘zni daraklash mazmuni bilan bog‘liqdir. Ma'lumki, o‘tmishda bahor elchilari sifatida ayrim qushlar - laylak, turna, qaldirg‘och va ko‘klam o‘siliklari – boychechak, binafsha va h.k. lar alohida e'zozlangan va hatto, ular bilan bog‘liq turldi ishonch va qarashlar ham shakllangan. Masalan, erta bahorda laylakni ko‘rish baxtdan nishona bo‘lsa, laylak uchib kelgan tomondan kelgan odam qio‘loqqa qut-baraka keltiradi, deb e'tiqod qilingan. Turnalar ham ko‘p narsadan “darak” bergan. Chunonchi, barvaqt uchib kelgan turna erta bahorni daraklasa, pastlab uchgan turna rizq-ro‘zg‘or unumli bo‘lishini anglatgan va h.k. Irimga ko‘ra, bahor elchilarini birinchi bo‘lib ko‘rgan bu haqda boshqalarni ham tezroq xabardor qilishi lozim edi. Shu maqsadda “xushxabarchilar” baland joylarga chiqib, maxsus hayqiriqlar ila atrofga jar solishgan. Xushxabarni eshitgan kattayu-kichik to‘planishib, bu haqda qishloqma-qishloq, mahallama-mahalla “jar solib” yurishgan. Shunga o‘xshash vaziyat ko‘klam o‘simliklari unib chiqishi bilan ham bog‘liq yuzaga kelgan. Chunonchi, Navro‘z kunining darakchisi bo‘lgan boychechak o‘simligini qir-adirlardan topib kelganlar va xonadonma-xonadon yurishib, boychechak aytimini “jar solishgan”. Uy egalari jarchilarga turli taom va hadyalar berishgan. Binobarin, sakrama ohanglar xuddi ana shu jar solish vaziyatida shakl topgan edi. Jar solishning kuydagi ko‘rinish bo‘lgan bu toifa ohanglarni shartli ravishda “jarchi ohanglar”, “darakchi ohanglar" yoki “xabarchi ohanglar” kabi atash mumkin. Jarchi ohanglar aosan to‘rt parda (sof kvarta), ba'zan esa besh parda oralig‘idagi tovush sakrashlarini tashkil etadi. Masalan:


Bu kabi sakrashlar natijasida umumhajmi sof oktava oralig‘ini qamrab oluvchi tuzuklar hosil qiladi.
“Laylak keldi” qo‘shig‘i laylak uchib kelishi munosabati bilan tom boshida aytilgan. Unda darakchi ohanglar qo‘llanishi bilan sof oktava darajasida tuzuk hosil etilgan. Ammo, bu tuzukning xususiyati shundaki, uning tovushqatorida IV – pog‘ona tovushi deyarli ishlatilmaydi. Natijada oktava hajmida bo‘lgan noto‘liq tovushqator hosil etiladi:

“Laylak keldi”



Jarchi ohanglarning yorqin namunasi qish fasliga oid “Oftob chiqdi” qo‘shig‘ida namoyon bo‘ladi. Ammo, “Oftob chiqdi” qo‘shig‘i qish faslida aytilganligi va demakki bahor kirib kelishi uchun hali ma'lum fursat borligini nazarda tutib, kattalar darakchilarga odatdagidek hadya bermasdan “quruq” qaytarishadi. Mazkur aytim barcha xususiyatlari bilan bahor mavsumi qo‘shiqlariga mos keladi.


“Oftob chiqdi”:



Darakchi ohanglar bolalar fol'klori bo‘lgan “Boychechak”, “Tomdan tarasha tushdi”, “Quyonim”, “Zuv-zuv borag‘ay”, “Chitti gul”, “Chuchvvara qaynaydi”, “Oshxo‘r akam” kabi ko‘plab o‘yin-aytimlariga nihoyatda tabiiy singib ketgan. (O‘zbek xalq musiqasi, III – tom, 455 – 478 betlar). Shu boisdan ham darakchi ohanglar bolalar ijodining muhim xususiyati sifatida “bolalar ohang lug‘ati”ga aylangan.
Mavsum marosimlari qaror topishi davomida xalq ijodkorligining yangi qirralari namoyon bo‘la boshladi. Xususan, qo‘shiqchilikda keng o‘rin tutgan savol-javob aytishuvi va band-naqarot shakllari uzil-kesil yuzaga kelishida mazkur marosimlar mazmuni ahamiyatli bo‘lgan. Zotan, bunday ommaviy tadbirlar jarayonida tarafma-taraf aytishuvlari uyushtirilganYu o‘rtada qo‘shiq kuylayotgan yakkaxonga ko‘pchilik qarsakllar vositasida yoki ma'qullov hayqiriqlari hamda tez esda qoladigan qofiyadosh so‘zlar takrori bilan qo‘shilib jo‘r bo‘lgan va h.k.
Ushbu jarayonda erishilgan muhim badiiy vositalardan yana biri- xalq kuylari tabiatiga ritmik-usul xususiyatini singib borishi hamda raqsbop usullarning shakllanishidir. Ularning aksariyati “Lola” haqidagi aytimlarda qo‘llangan bo‘lib, bu aytimlar esa Navro‘z bayramining dastlab kuni o‘tkaziladigan “Lola sayli”da kuylanar edi. Ushbu saylning boshida mahalliy xalq bir maydonga yig‘ilishib, yigit-qizlarni lola terishga kuzatganlar. Lola terimchilari qir-adirlarga sayr qilib, quchoq-quchoq lola terishgan. So‘ngra terimchilarni belgilangan maydonda mahalliy aholi tomonidan tantanavor ravishda kutib olish marosim-bayrami o‘tkazilgan. Bunda o‘yin-raqslarga tushilgan, yoshlik, go‘zallik va sevgi ramzi bo‘lgan lola maxsus aytimlarda vasf etilgan. Bu aytimlarda ham darakchi ohanglar ta'siri sezilarlidir.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin