Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi KURS ISHI
Qayta tinglash – o‘quvchilar musiqani to‘laroq idrok etishlari, asarni eslab qolishlari, asarni yoqtirib qolishlari uchun bir necha bor qayta tinglash maqsadga muvofiq, chunki, bir marta tinglangan asar darrov bolalarga yoqadi, hamma bolalar tomonidan yetarli darajada emotsional qabul qilinadi, deb ayta olmaymiz. Birinchi taassurot ko‘pincha noaniq bo‘ladi.
Musiqiy asar o‘quvchi bolaning musiqiy tajribasiga aylanishi uchun uni bir necha bor qayta tinglash, uch-to‘rt marotaba, bir necha darslar davomida lozim bo‘ladi. Har bir qayta tinglash jarayoni idrokni boyitishi, musiqiy obraz tasavvurini chuqurlashtirishi va asarning esda qolishini ta’minlashi lozim. Musiqiy ko‘rinishlarni taqqoslash - qiyoslash metodi bolalarda musiqa idrokini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu metoddan oqilona foydalanish bolalarning musiqiy-eshituv qobiliyatlarini o‘stiradi. Avval, kontrast asarlarda farqlarni anglash, keyinchalik kayfiyati bir xil bo‘lgan asarlarda nozik o‘xshashliklarni his etishlariga yordam beradi.
Shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarda musiqa idrokini rivojlantirish o‘qituvchidan turli metod va usullardan oqilona foydalanishni talab etadi. Musiqa qonuniyatlari, musiqa san’ati xususiyatlari oddiy janrlardan murakkablariga qarab bosqichma-bosqich o‘zlashtirilishi ta’minlanishi musiqaning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytiradi.
Musiqa san’atida tinglash madaniyati asosiy hisoblanadi. Musiqiy tinglash qobiliyati musiqani to‘la-to‘kis qabul qila olish qobiliyatidir. Fiziologik jihatdan tinglash – bu eshitish organlari orqali tovush tebranishlarini qabul qilishdir. Tovushlar tashqi quloq orqali eshitish nervlari 3000 ta atrofida deb hisoblanadi, bitta oktavaga 300-400 ta to‘g‘ri keladigan vositasida o‘rta va ichki quloqdan o‘tib, bosh miyadagi eshitish analizatorlariga yetib boradi. Shuningdek, analizatorlar ayrim musiqa cholg‘ularining chalinishi, ff da ovoz chiqarish va odamning gapirishi va kuylashi jarayonida bosh miya suyagining tebranishi orqali ham ovoz qabul qiladi. Musiqiy eshitish qobiliyati ovoz past-balandligi, kuchi, tembri va davomiyligini yaxshi ilg‘aydi.
Eshitish sezgisining chegaralari: eng past tovushlar «do» subkontr-oktavagacha 16 gers, ya’ni 1 soniyada 16 ta tebranish atrofida tebranish chastotasiga, eng yuqorilari – yettinchi oktavaning «mi bemol» 20000 gers, ya’ni 1 soniyada 20000 ta tebranish atrofida. Mazkur chegara diapazonidan tashqaridagi tovushlar, ya’ni infratovushlar – pastdagi va ultratovushlar – yuqoridagi umuman qabul qilinmaydi. Musiqiy eshitish qobiliyati past-balandlik, kuch, tembr o‘zgarishlarini o‘rta registrda yaxshiroq ilg‘aydi. Musiqiy eshitish qobiliyati quyidagi turlarga ega, ya’ni mutloq, nisbiy va ichki eshitish qobiliyati. Mutloq eshitish – musiqiy tovushlarning mutlaq balandligini etalonlari, masalan kamerton bilan solishtirmagan holda aniqlash qobiliyati. Lekin, barcha buyuk musiqachilarda ham bunday qobiliyat bo‘lmagan.
Masalan, Vagner, Shuman, Meyerber, Chaykovskiy, Grig bunday iqtidorga ega emas edi, biroq yaxshi rivojlangan nisbiy eshitish iqtidoridan muvaffaqiyatli foydalanganlar. Ma’lumki, Mosart, List, Skryabin mutloq eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Shuningdek, sozlovchi eshitish qobiliyati ham mavjud. U texnik faoliyat 18 natijasi bo‘lib, ovoz balandligidagi minimal ikki sentgacha o‘zgarishlarni ham farqlay olish qobiliyatidir. Nisbiy yoki interval eshitish, jumladan kuy, intervallar, akkordlardagi tovushlar o‘rtasidagi tovush balandligini sezish, aniqlash, ijro etish qobiliyatidir. Nisbiy eshitishda odam biror bir nota yoki akkordni aniqlashi yoki ijro etishi uchun hech bo‘lmasa bitta tovush haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi va undan boshqasini keltirib chiqarishi, topishi kerak.