Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi mundarija kirish


Musiqa asarini tinglash tashkil etish texnologiyasi



Yüklə 69,12 Kb.
səhifə8/12
tarix12.10.2023
ölçüsü69,12 Kb.
#154425
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi KURS ISHI

2.2. Musiqa asarini tinglash tashkil etish texnologiyasi
9-11 yoshli o‘quvchilarni ko‘proq musiqada o‘tgan davr va hozirgi zamon qahramonliklari mavzusi, xalq ijodi, turli xalqlar musiqasi qiziqtiradi, kompozitorlar ijodi, xalq qahramonlari aks etgan asarlar kasb etadi. Musiqaning ifoda vositalari – sur’at, dinamika, registr, lad haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar. Oddiy musiqa shakllari bilan tanishadilar. Asta-sekin musiqa takrorlanish, tafovut, variantli o‘zgarish asosida rivojlanishi haqida tasavvur hosil qiladilar. O‘quvchilarga musiqiy ko‘rinishning rivojlanishini tushuntirish maqsadida uning grafik yozuvidan foydalanish mumkin.
Masalan - oddiy uch qismli shaklda musiqiy obrazning rivojlanish yo‘li shunday ifodalanadi. Oddiy musiqa shakllarini o‘zlash-tirgandan so‘ng bolalar variatsiya, rondo, syuita kabi musiqa janrlari bilan tanishadilar. Bunda ham chizma yaxshi yordam beradi. Variantlik asosida musiqaning rivojlanishini ifodalash uchun bir turdagi shaklchalarning turli rangdagi ko‘rinishini keltirish mumkin.
O‘smirlarda insonnnig ichki murakkab dunyosi his-tuyg‘u, kechinmalari, sevgi-muhabbat qiyofalari, qahramonlik va satira kabi jiddiy muammolar aks etgan asarlar, buyuk musiqa ijodkorlari hayoti qiziqish uyg‘otadi. Uslubi, janri, shakl-hajmidan qat’iy nazar muhim ijtimoiy mavzular, masalan, chuqur falsafiy g‘oyalar, orzu va baxt-saodat uchun kurash, ilk muhabbat dardi, sog‘inch kabi insoniy his-tuyg‘ular ifodalangan musiqa o‘smirlarga katta hissiy ta’sir o‘tkazadi va ularni jiddiy fikrlashga undaydi. Musiqiy idrokni rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biri o‘smirlarda musiqiy dramaturgiya haqida tushunchalar, tasavvurlar hosil qilish. Bu tasavvurlar asosan yirik shaklli musiqa asarlari bilan tanishish jarayonida hosil qilinadi. Dasturga kirgan T.Qurbonovning «Shiroq» baleti, Ulug‘bek Musaevning «To‘maris» baleti, T.Jalilovning «Tohir va Zuhra» operasi, S.Yudakovning «Mirzacho‘l» vokal-simfonik syuitasi, Betxovenning «Qahramonlik», V.A,Mosartning «40-simfoniya»larini tinglab o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilar bu asarlarda aniq ifodalangan musiqiy obrazlar va ularning to‘qnashuvlari, ziddiyatlari, kurashlari orqali ijodkorlar murakkab hayot janrlari, insonlar o‘ziga xos xususiyati, dramalari, katta g‘oyalarni aks ettirganlarini bilib oladilar. Mazmuni murakkab bo‘lgan yirik musiqa asarlarini diqqat bilan tinglash, asarning g‘oyasini tushunishga o‘rgatish o‘qituvchidan mahorat kasb etadi. Shu bilan birga har bir o‘quvchi o‘zinnig shaxsiy va musiqiy tajribasidan kelib chiqqan holda, musiqiy-ijodiy qobiliyatlariga qarab musiqani idrok etadi. O‘quvchilarda musiqa tinglash, musiqa idroki, malakalarini rivojlantirish bir qancha qonuniyatlarga asoslanadi.
1.O‘quvchilarni musiqani diqqat bilan tinglashga, musiqa oqimini kuzatishga o‘rgatish lozim. Tinglash faol bo‘lishi uchun uni tashkil etish va boshqarish talab etiladi.
2. Musiqa tinglash maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
3. Bolalarda musiqaga nisbatan hissiy munosabatni shakllantirish. Buning uchun darsda qo‘llaniladigan asarlar badiiy jihatdan yetuk bo‘lishi, yorqin obrazli, qiziqarli, mazmunan bolalarga yaqin, bolalar ehtiyojlariga javob berishi lozim.
4. Berilayotgan qo‘llanma bolalar yoshiga mos bo‘lishi va puxta o‘zlash-tirilish kerak. Puxta o‘zlashtirilgan asargina musiqiy dunyoqarashni kengaytiradi, didni shakllantiradi, idrokni rivojlantiradi.



Yüklə 69,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin