Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə39/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
2-мавзу маърузалар матни

TEXNIK MAYDONCHA
Rasmda ko`rib turganingizdek, maydonda bo`ladigan uchrashuvlarda zaxira futbolchilari uchun maxsus o`rindiq va jamoa rahbariyati uchun mo`ljallangan 3-qoida va 2-qarordagi kabi texnik maydoncha bo`ladi.
T exnik maydonchalar turli maydonlarda bir – biridan farq qilishi mumkin. Masalan, kattaligi va o`rnatilgan joyi bilan farq qiladi.


110-rasm
Lekin bu maydonchalarni aniqlash uchun quyidagi bir xil pirnsiplarga asoslanadi:

  • Texnik maydoncha zaxira o`rindig`idan barcha tomonlarga 1 metr masofada chiziq tortilib chegaralanadi. Maydonning yon chizig`idan ham 1 metr masofada ajralib turadi.

  • Texnik maydonchaning chegarasini aniqlash uchun aniq belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • Musobaqa reglamentiga ko`ra texnik maydoncha ichidagi shaxslar soni aniqlanadi.

  • Texnik maydonchada turishga musobaqa reglamentiga ko`ra aniqlanagan shaxslarga ruxsat beriladi. Ularning familiyalari musobaqa bayonnomasiga o`yin boshlanguncha kiritilishi shart.

  • Hamma vaqt faqat bitta shaxsga o`yinchilarga ko`rsatma berishga ruxsat beriladi va ko`rsatmalarni berib bo`lingandan keyin u darhol o`rindiqdagi o`zining joyiga qaytishi shart.

  • Murabbiy va rasmiy shaxslar texnik maydonchadan tashqariga chiqish huquqi berilmagan. Faqat shifokorlar bundan mustasno. Ular maydondagi bosh hakam ko`rsatmasiga asosan jarohat olgan futbolchiga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadidagina texnik maydonchadan tashqariga chiqishi mumkin.

  • Texnik maydonchadagi murabbiy va rasmiy shaxslar o`zlarining javobgarlik doirasiga kiradigan darajada to`g`ri tutishlari lozim.

TO`RTINCHI HAKAM




111-rasm
Musobaqa reglamentiga ko`ra har bir o`yinga to`rtinchi hakam tayinlanishi mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o`zining vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam uning o`rniga almashtiriladi.

  • Agar hakam o`z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga oshiriladi.

  • Bosh hakam ko`rsatmasiga binoan to`rtinchi hakam o`yingacha, o`yin paytida va o`yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi mumkin.

  • To`rtinchi hakam o`yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga bevosita yordam berishga majbur.

  • Agar o`yin jarayonida o`yindagi to`pni almashtirish zaruriyati tug`ilsa, unda to`rtinchi hakam bu ishga ma`suldir. O`yin vaqtini cho`zmaslik uchun to`rtinchi hakamda zahira to`pi bo`lishi lozim.

  • To`rtinchi hakam futbolchi zahiradan maydonga tushishidan oldin o`yinchini tekshirib ko`rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishida xatolikni sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma`lum qiladi. U esa o`z o`rnida bosh hakamga bu haqda ma`lumot beradi.

  • To`rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi.

  • O`yin tugashi bilan to`rtinchi hakam o`yin haqidagi bayonnomani musobaqa o`tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o`yin vaqtida bosh hakam va uning yordamchilari rasmiy shaxslarning o`zlarini noto`g`ri tutishi va baxtsiz hodisalarni nazaridan chetda qoldirgan bo`lsa, unda to`rtinchi hakam hakamlar jamoasi bilan kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim.


Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin