O`yinning rasmiy shaxsidan to`p o`z yo`nalishini o`zgartirsa, o`yinchi “o`yindan tashqari” holatda deb jazolanishi mumkin.
“O`yindan tashqari” holatida qolgan o`yinchi raqibiga to`sqinlik qilsa, jazolanishi shart.
“O`yindan tashqari” holatida qolgan o`yinchiga nisbatan “o`yindan tashqari” holatida qolgandan oldinroq qoida buzilsa, o`yin qoidasi o`yinchiga nisbatan buzilgan hisoblanib, jazolanishi kerak.
“O`yindan tashqari” holatida qolgan o`yinchiga nisbatan qoida buzilsa, “o`yindan tashqari” holat deb jazolanadi.
12-QOIDA: Qoida buzilish holatlari va qoidaga zid xatti-harakatlar
Og`zaki qoida buzilishlar erkin zarba bilan jazolanadi.
Agar qoida buzgan o`yinchi, o`yinni davom etish belgisidan keyin chetlatilishi lozimligigacha yana qoida buzsa qo`shimcha jazolanadi.
Agar jarima maydoni ichida sal hujumni to`xtatgan o`yinchi qoidani buzsa (avval to`pga o`ynab) unda ogohlantirish berilmaydi.
Ogohlantirish bilan jazolanadigan qo`shimcha qoidabuzarliklar ro`yxati: agar o`yinchi avval yaqqol o`ynab keyin qoida buzganda, yaqqol gol urish imkoniyati bermaganda.
Kiritilgan golni bayramona nishonlanayotgan holati, jamoat tartib, xafsizlik qoidalari buzilganda.
Agar o`yinchi dioganal yo`nalish bo`ylab (darvozaga nisbatan) oxirgi o`yinchini (darvozabonni) aldab o`tib yaqqol gol urish imkoniyati berilmaganda.
Hakam ruxsatisiz maydonga chiqib gol yoki yaqqol gol kiritish imkoniyatini cheklash (yo`qotish) – maydondan chetlatiladi.
To`p o`yin paytida, maydondan tashqarisida ro`y bergan qoida buzarliklar, o`yinchilar, zahira o`yinchilari, ularning ishtirokidagi va jamoalar rasmiy shaxs, vakillari ishtirok etishda o`sha joyga maydon chizig`i yonida jarima yoki erkin zarba bilan jazolanadi.
Agar o`yinga, yoki o`yinchiga o`yin paytida to`p yoki boshqa predmetni oyog`i bilan zarba berib halaqit qilsa – jarima zarbasi belgilanadi.
Xuddi shu holat maydonning tashqarisi (cheti)ga turganlarga (jamoa a`zolariga ham) qarshi namoyon qilganda.
13-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba
Himoyalanayotgan jamoaning jarima yoki erkin zarbani (jarima maydoni ichidan) urayotgan paytda, jamoadoshiga to`p tegmasdan hujumchi bu to`pga tegishi yoki harakatlanishi mumkin emas.
14-QOIDA:11 metrlik jarima to`pi
Zarba beruvchi aniq darajada ajralib turishi va ko`rinishi shart.
Agar darvozabon bilan zarba beruvchi birgalikda o`yin qoidasini buzsa:
Agar gol kiritilmagan bo`lsa, ikkalasiga ham ogohlantirish, va qayta zarba berilishi.
Agar gol urilgan bo`lsa, unda zarba beruvchi ogohlantiriladi va zarba xato tepilgan deb hisoblanadi (10-qoida).
To`p darvozaga harakatlanayotda gol kiritilgan hisoblanadi, qachonki boshqa o`yinchi to`pga harakatlanib qo`shilsa.
16-QOIDA: To`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish
Jarima maydoni ichidagi hujumchi, boshqa o`yinchiga to`p tegmaguncha tegishi yoki to`pga kurashishi mumkin emas.