7 jamoa bo’lganda o’yinlarni turlar bo’yicha taqsimlash
1-tur
|
2-tur
|
3-tur
|
4-tur
|
5-tur
|
6-tur
|
7-tur
|
1-2
|
1-3
|
1-4
|
1-5
|
1-6
|
1-7
|
1-0
|
0-3
|
2-4
|
3-5
|
4-6
|
5-7
|
6-0
|
7-2
|
7-4
|
0-5
|
2-6
|
3-7
|
4-0
|
5-2
|
6-3
|
6-5
|
7-6
|
0-7
|
2-0
|
3-2
|
4-3
|
5-4
|
Davrali tizim bo’yicha bir davrali musobaqalar o’tkazishda kerak bo’lgan vaqtni aniqlash uchun o’yinlarning umumiy sonini bo’lish kerak.
Bu quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
bunda I – o’yinlar soni,
K – musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni.
Masalan: K = 16
Turlar o’rtasidagi o’yinlar jadvalini tuzishda jamoalarning o’quv-mashg’ulot ishlarini o’tkazishga imkon beradigan darajada tanaffus bo’lishini nazarda tutish kerak.
4.3. O’yinlar (musobaqa)da o’rinlarni aniqlash
O’tkazilgan musobaqa natijasida g’olib va musobaqada ishtirok etgan jamoalar egallagan keyingi o’rinlar aniqlanadi. Shu musobaqada jamoaning o’tkazgan har bir o’yini uning natijasiga qarab, ochkolar berish yo’li bilan baholanadi. Kollektivdan bitta jamoa qatnashadigan davralar tizimi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda quyidagicha hisobga olish shkalasi keng tarqalgan bo’lib, unga binoan g’alaba uchun – 2, durang uchun – 1, mag’lubiyat uchun -0 ochko beriladi. Jamoalarning o’yinga kelmaganligini mag’lubiyat bilan tenglashtirmaslik uchun boshqacha hisoblash shkalasi qabul qilinadi, masalan: g’alaba –3 ochko, durang – 2 ochko, mag’lubiyat – 1 ochko, o’yinga kelmaslik – 0 ochko.
Klublar bo’yicha hisobga olishda, jismoniy tarbiya jamoalari musobaqalarda bir necha jamoalar bilan qatnashganda (viloyat, shahar va tuman birinchiliklari o’ynalayotgan vaqtda shunday bo’lishi mumkin) hisobga olish shkalasi har bir jamoaga alohida-alohida ochkolar yozishni talab qiladi.
Natijalar klublar bo’yicha hisobga olinadigan musobaqada oltita jamoa bilan qatnashuvchi jismoniy tarbiya kollektivi jamoalariga beriladigan baholash ochkolari shkalasi misol tariqasida keltirilgan.
Musobaqa o’tkazishning muayyan sharoitlari va oldinga qo’yilgan vazifalarga qarab ochkolar differenstiastiyasi turli jamoalar uchun boshqacha bo’lishi mumkin. Biroq, odatda, mag’lubiyat g’alaba uchun beriladigan ochkolarning 1/3 ni, durang uchun beriladigan ochkolarning 2/3 ni, kelma-ganlik uchun 0 qismini berishini nazarda tutish kerak.
6-jadval
Dostları ilə paylaş: |