Kurs ishining maqsadi – O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar mavzusini o‘qitishda muammoli ta‘lim texnologiyasining afzalliklarini ochib berish;
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat :
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” mavzusining nazariy asoslarini yoritish;
• Kurs ishining obyekti – O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar mavzusi bo‘lib, uning predmetini ushbu mavzuni tushuntirishda muammoli ta‘lim texnologiyasining qo‘llanishi va afzalliklari tashkil qiladi.
• Kurs ishining amaliy ahamiyati – ushbu Kurs ishidan o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalarida O’zbekistonda Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi mavzusini o‘qitishda foydalanish, o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash mumkin.
• Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kirish, ikki bob, besh paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB: O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi. Iqtisodiy taraqqiyot..
1.1 Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros.
O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o’rmon va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o’zining milliy valyutasiga, valyuta jamg’armasiga ega emasdi.
Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o’rinlardan biri meros bo’lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho’rlanishi, havo bo’shlig’i va suv zahiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. «Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi». (Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: O’zbekiston, 1999, 6-bet.) 1
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulum, mutelikdan ozod etdi, o’z yeri, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralariga to’la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash erkinligi qo’lga kiritildi.
Dostları ilə paylaş: |