Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros


Iqtisodiyotda barqaror yuksalish



Yüklə 62,19 Kb.
səhifə9/16
tarix18.06.2023
ölçüsü62,19 Kb.
#132270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
kurs ishi[1]

Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1990-yilda Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab barqaror o’sish ta’minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997-yilda 106,5 foizga, 1998-yilda 105,8 foizga, 1999-yilda 106,1 foizga, 2000yilda 106,4 foizga, 2001-yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003-yilda
108,4 foizga, 2004-yilda 109,4 foizga o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib bordi, 1996yildan boshlab o’sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996-yilda YalM 101,7 foizga, 1997-yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999-yilda 104,4 foizga, 2000-yilda 104 foizga, 2001-yilda 104,5 foizga o’sdi.
Natijada, 2001-yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991-yilga nisbatan
103 foiz o’sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko’rsatkichlari izchil o’sib borayotgan mamlakatdir. 2013-yilda yalpi ichki mahsulot 8 %, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 %, qishloq xo’jaligi 6,8 % o’sdi.
1991-2013-yillarda YAIMda sanoatning ulushi 14,2 % dan 24,2 % ga, kichik biznesning ulushi 31 % dan 55,8 % ga o’sdi. YAIMda qishloq xo’jaligining ulushi 34 % dan 17 % ga kamayishi mamlakatimizning agrar respublikadan sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga aylanayotganini ko’rsatadi. Eng muhimi xalqimizni oziq-ovqat maxsulotlari bilan to’liq ta’minlash, kerak bo’lsa ularni eksport qilish imkoniyati yaratildi. 2013-yilda mirishkor dehqon va femerlarimizning fidokorona mehnati bilan 7,8 mln tonna g’alla, 8,4 mln tonna sabzavot, 3 mln 360 ming tonna paxta yetishtirildi.
Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgarib, aholi turmush saviyasi o’sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, izchil o’sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtiomiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga zamin bo’lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o’sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming km gaz tarmog’i, shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog’i, shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti qariyb 5 barobar, fholi daromadlari jon boshiga o’rtacha 8,7 barobar o’sdi. So’nggi 10 yil davomida (2004-2014) O’zbekiston yalpi ishki maxsulotining yillik o’sishi 8 % dan ziyod bo’lib kelmoqda.
Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O’zbekiston Havo yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini o’rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi.

Yüklə 62,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin