MAVZU: Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti.
REJA : Kirish I.BOB: O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi. Iqtisodiy taraqqiyot.. Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros...………………...………....5
1.2 Xususiylashtirish. ………………………………………….……….……..8 Bozor munosabatlari infratuzilmasi…………………………………….12
II.BOB: Istiqlol yillarida ma’naviy-madaniy hayot. 2.1 Ijtimoiy hayot. ...………………….………………………………………….20 2.2 Ma’naviy merosning tiklanishi.………………….…………………….……23 2.3 Ta’lim ravnaqi……………………………..…………………………………27 Xulosa……………………………………………………………………………. 32 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33 KIRISH.
Mavzuningdolzarbligi.O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’lidan borar ekan, yosh avlodning ma‘naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlarni tarbiyalash maqsadida ta‘lim tizimida borilayotgan keng ko’lamdagi ishlar olib borilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oldida yosh avlodni har tomonloma kamol topgan, faol turmushga tayyot, chuqur bilimlarni egallagan, yuksak ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan etib tarbiyalab, voyaga etkazishdek vazifa turibdi.
Respublikamizda “Ta‘lim to’g‘risida”gi qonunning yangi tahririda, shuningdek, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning va shu asosda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini tashkil etish va iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash chora tadbirlari to’g‘risida”gi bir nechta qarorlarining qabul qilinishi akademik litseylarda mazkur Tarix fanini chuqurlashtirib o’qitishga katta yo’l ochdi.
Bunday olijanob va buyuk yaratuvchilikdan iborat vazifani bajarishda O’zbekiston tarixi fani bilan bir qatorda Jahon taixi fanining o’rni va ahamiyati kattadir. O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom Karimov “Zamon talabi shuki, professor va o’qituvchilaro’zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini, biz endi boshlagan yo’lni ilgari bosib o’tgandavlatlar tajribasini qunt va sabot bilan o’rganib, mag‘zini chaqib, undan keyin o’z talabalariga saboq berishlari zarur” deb alohida ta‘kidlagan edi. Hozirgi bosqichda ta‘lim tizimining barcha yo’nalish va bosqichlaridagi bosh va asosiy vazifa “O’zbekiston tarixi” o’quv fani bilan birgalikda “Jahon tarixi” fani orqali yozlarimizni turli mamlakatlar tarixidan xabardor bo’lgan, yuksak ma‘rifatli, millatlararo muomala madaniyatiga ega bo’lgan, barcha xalqlar qadriyatlariga insoniy munosabatda bo’ladigan komil
insonni milliy istiqlol g‘oyasi asosida va ma‘naviy qadriyatlarga cheksiz hurmat, vatanparvarlik ruhida, ulug‘ va buyukajdodlarimizgamunosibvorislarqilib tarbiyalashdir.