Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo’ldi.
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo’lib qoldi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlaming tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Z.M. Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureati To’lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomga xat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan.
Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg’ulari tarannum etiladi.
Omon Muxtorning «To’rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barat
Boyqobulovning «O’zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqhhor
Ibrohimovning «Biz kim, o’zbeklar ... » badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A. Qutbiddinning «Izohsiz lug’at» she’riy asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
Me’morchilik va amaliy san’at. O’zbek xalqi me’morchiligi mohiyat e’tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san’atidir. Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil ko’zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me’moriyatning an’anaviy qonunqoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o’z aksini topgandir.
Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me’morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo’lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Meridian», «Afrosiyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, «O’zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank,
«Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O’zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin.
Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo’yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi, “Bunyodkor” stadioni singari zamonaviy inshootlar barpo etildi.
O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o’nlab binolar, obidalar misol bo’la oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o’sdi. Haykaltarosh I. Jabborov va K. Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali,
Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg’ona va Quvada al-
Farg’oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R. Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M. Bobur» (1993, Andijon),
«Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho’lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999-yilda Termizda
«Alpomish» haykali va majmua-kompozitsiyasi (A. Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi. O’zbekistonda qadimdan amaliy san’at o’ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997-yilda tashkil etilgan O’zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o’ynadi. O’zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g’urur, Vatanga sadoqat tuyg’ularini uyg’otuvchi qator san’at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san’ati yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. Shahar ko’chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o’rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzurhalovat, zavq bag’ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirishga imkon yaratildi.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning o‘qitilishi jarayonida talabaga fan bo‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.