Mustaqil ish !! Gul uning tuzulishi, va vazifasi!



Yüklə 0,67 Mb.
tarix03.03.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#86374
VAXOBOV MUXRIDDIN


MUSTAQIL ISH !!
Gul uning tuzulishi, va vazifasi!
Gul (flos) — yopiq urugʻli oʻsimliklar (qarang Gulli oʻsimliklar)ning generativ (jinsiy urchish) organi. G. oʻsishi cheklangan, shaqli oʻzgargan novda hisoblanadi G. gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan tashkil topgan. Kosachabarglar — G.ning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, oʻsimlik turiga qarab soni har xil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklarda (marmarak, rayhon, noʻxat va b.) kosachabarglar bir-biri bilan qoʻshilib, birikkan bargli tutash kosacha, boshqalarida (turp, shaftoli, oʻrik va b.) birikmasdan, ayrikosacha hosil qiladi. Gultoj barglar — kosachabarglardan ichki qavatga joylashgan gulbarglardan iborat. Rangi har xil. Tojbarglar ham tutash (pechak, karnaygul, kartoshka va b. gulida) va ayritoj (oʻsma, ayiqtovon, naʼmatak va b. gulida) boʻladi. Changchilar G.ning chang (mikrospora) hosil qiluvchi qismi. Ular uchinchi qavatni tashkil qiladi. Urugʻchi G.ning urugʻkurtak (makrospora) hosil qiluvchi qismi boʻlib, markazda joylashgan. Kosachabarglar bilan tojbarglar gulqoʻrgʻon deyiladi.
Kosachabarglar bilan tojbarglarga aniq ajralgan gulqoʻrgʻon (oʻrik, olcha, sholgʻom va b. gulida) murakkab, bunday ajralmay, rangi bir xil boʻlgan gulqoʻrgʻon oddiy gulqoʻrgon deyiladi. Tojbarglarga oʻxshash, ochiq rangli oddiy gulqoʻrgʻon gultojsimon (lola, piyoz gulida), kosachaga oʻxshash yashili esa (lavlagi, shoʻra, otquloq va b. gulida) kosachasimon gulqoʻrgʻon deb yuritiladi. Hasharotlar vositasida changlanadigan G.lar gulqoʻrgʻoni yaxshi rivojlangan, shamol yordamida changlanadigan G.larniki esa uncha rivojlanmagan yoki butunlay yoʻqolib ketgan. Gulqoʻrgʻonsiz yoki faqat urugʻchi va changchilardan iborat gullar (tol, terak, yongʻoq kabilarning guli) yalangʻoch yoki gulqoʻrgʻonsiz G.lar deyiladi. G.ning barma qismlari oʻrindiqqa joylashgan. Oʻrindiq keng va yassi (ayiqtovon, malina), konussimon yoki choʻziqroq (yerchoy) yoki, aksincha, botiq (raʼno, naʼmatak va b.) boʻladi. Har bir G.da gulband bor.
Baʼzan gulband deyarli rivojlanmay, G. toʻpgul oʻqidan oʻsib chiqadi (mas, tizimgul, sebarga guli). Bunday G.lar bandsiz yoki oʻtroq G.lar deyiladi. G.da urugʻchilar va changchilar boʻlsa, ikki jinsli (behi, lolaqiz-gʻaldoq, piyoz va b.), faqat bittasi boʻlsa (yongʻoq, makkajoʻxori, tol, qayin va b.), ayrim jinsli yoki bir jinsli G. deyiladi. Bir jinsli G. faqat urugʻchilardan iborat boʻlsa — urugʻchili (makkajoʻxori soʻtasi), faqat changchilardan iborat boʻlsa (makkajoʻxori roʻvagi, yongʻoq kuchalasi va b.) — changchili G. deyiladi. G. markazidan ikki va undan koʻp chiziq oʻtkazilganda teng simmetrik qismlarga boʻlinsa, toʻgʻri — aktinomorf (olma, oʻrik, naʼmatak va b.), faqat bitta chiziq bilan simmetrik qismlarga boʻlinsa, qiyshiq — zigomorf G. (rayhon, yalpiz, itogʻiz, jambil va b.) deyiladi. G.larda nasldan-naslga oʻtadigan doimiy belgilar (G. qismlarning shaqli, rangi, katta-kichikligi, bir-biriga nisbatan tutgan oʻrni va soni) gʻoyat xilma-xil. Oʻsimliklarning urugʻdoshligi va evolyutsiyasini aniqlashda G.larning ahamiyati katta. G. shamol yoki hasharotlar vositasida changlanadi. G. changlanishga turlicha moslashgan. Mac, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklarning G.i yirik, hidli, xilma-xil rangda boʻlib, nektar bezlari shira (nektar) ajratadi. Nektar bezlari G.ning ichki qismida boʻlib, hasharotlar shira olishga qoʻnganda tanasiga changni yopishtirib olib tarqatadi. Koʻp oʻsimliklar (mas, yongʻoq, terak, kanop, makkajoʻxori va b. gʻalladoshlar) shamol vositasida changlanadi. Ularning G.i mayda, koʻrimsiz, rangsiz va hidsiz, changlari quruq va yengil boʻladi.
Gullar tõğrisida quziqarli faktlar!!
1. Eng jajji gullarni hovuzchalarda uchratish mumkin. Ularning diametri 1 millimetrdan oshmaydi. Eng yirik gul esa Indoneziyada o'sadi. Diametri 90 santimetr, vazni 11 kilogrammgacha yetadi.. Yana bir yirik gul «amorfofallum titanum» ham Indoneziyani makon tutgan. Gulning bo'yi 3 metr keladi.
3. O'rta asrlarda haqiqiy gullar tili mavjud bo'lgan. Masalan, rыsar atirgulni qo'lida ushlab ayolga yaqin kelsa, bu ayolning qo'lini so'rash ma'nosini anglatgan. Olchaning gullagan novdasi esa muhabbat izhori sanalgan.
4. Dunyodagi eng qimmat turadigan gul Malayziya oltin orxideyasi hisoblanadi. Bu gul 15 yilda bir marta gullaydi.5. Germaniyaning Xildesxaym shahrida eng qadimiy, keksa gullar o'sadi. Misol uchun mahalliy ibodatxona yonida qad ko'targan atirgul ming yil oldin ekilgan.
6. Gul o'stirishni odamlar 4 ming yil oldin boshlashgan. Gulzorlar ilk bor qadimiy Misrda barpo etilgan.
7. Amerikada har bir shtat o'zining timsoli hisoblanmish alohida gul turiga ega.
8. Gullarning ayrim turlarini yesa bo'ladi.
Changlanish ikki turga ega: o'z-o'zini changlatish va o'zaro changlanish. O'z-o'zini changlatish anteriyadan chiqqan changlar xuddi o'sha gulning stigmasiga yoki o'sha o'simlikka boshqa gul qo'yilganda sodir bo'ladi. O'zaro changlanish polenning bir gul anteridan boshqa gulning tamg'asiga bir xil turdagi boshqa shaxsga o'tishi. O'z-o'zini changlatish gulchambarlar va karpellar bir vaqtning o'zida pishadigan gullarda sodir bo'lgan va ular gullar gulining tamg'asiga tushishi uchun joylashtirilgan. Ushbu changlatish o'simlikdan changlatuvchilar uchun oziq-ovqat sifatida nektar va polen bilan ta'minlash uchun sarmoyani talab qilmaydi.[1]
Ba'zi gullar hosil qiladi diasporalar urug'lanmasdan (partenokarpi). Gullar o'z ichiga oladi sporangiya va bu sayt gametofitlar rivojlantirish. Ko'plab gullar hayvonlar uchun jozibali bo'lib rivojlandi, shuning uchun ularni ko'chirish vektori bo'lishiga olib keldi polen. Urug'lantirishdan keyin tuxumdon gul rivojlanadi meva o'z ichiga olgan urug'lar.
Gullarni o'simliklarni ko'paytirishni osonlashtirishdan tashqari, ular qadimdan hayratda qoldirib, odamlar o'zlarining atrof-muhitiga go'zallik berish uchun, shuningdek, ishqiy, marosim, din, Dori va oziq-ovqat manbai sifatida.
Gulning muhim qismlari ikki qismga bo'linishi mumkin: vegetativ qism, barglar va periantdagi bog'langan tuzilmalardan va reproduktiv yoki jinsiy qismlardan iborat. Stereotipik gul qisqa sopi uchiga bog'langan to'rt xil tuzilishdan iborat. Ushbu turdagi qismlarning har biri a ga joylashtirilgan buzuq ustida idish. To'rt asosiy shov-shuv (gulning pastki qismidan yoki pastki tugundan boshlab va yuqoriga qarab):
Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin