Mustaqil ish-19 Ko’ndalang kesim har turli formadagi trubalarni hisoblash

Yüklə 87,56 Kb.
tarix06.04.2023
ölçüsü87,56 Kb.
#94053
gid19

Mustaqil ish-19 Ko’ndalang kesim har turli formadagi trubalarni hisoblash

Bajardi_ Shahobov Husan

Qabul qildi_Otipov.P

Murakkab qarshilikda ichki kuchning bitta tashkil etuvchisi boshqalaridan ancha katta bo‘lib, konstruksiya elementining mustahkamligiga asosiy ta’sirni shu ko‘rsatadigan bo‘lsa u holda qaralayotgan holatni oddiy qarshilik deb qarash mumkin. Bunga balkaning ko‘ndalang egilishini misol qilish mumkin, ya’ni bu holda balka ko‘ndalang kesimida ikkita ichki kuch – eguvchi moment M, ko‘ndalang kuch Q bir vaqtda hosil bo‘ladi. Lekin bu holda balkaning mustahkamligini baholaganda ko‘pincha ko‘ndalang kuch Q e’tiborga olinmasdan, hisob ishlari faqat eguvchi moment orqali bajariladi. Xuddi shunday, vintli prujina kesimlarida bir vaqtning o‘zida 4 ta ichki kuch komponentalari Meg, Mbur, N, Q paydo bo‘ladi, ammo hisob ishlarini bajarganda faqat burovchi moment Mbur e’tiborga olinadi, ya’ni masala oddiy qarshilik holatiga keltiriladi.
Ma’lum chegaragacha cho‘zilgan yoki siqilgan prujinalar, kuch olinishi bilan o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi va bu hol ko‘p marta qaytarilishi mumkin. Bu holda material elastiklik bosqichida ishlamoqda yoki «Guk qonuniga bo‘ysunmoqda» deyiladi. Agar prujina ma’lum bir qiymatdan ortiq cho‘zilsa yoki siqilsa, kuch ta’siri to‘xtatilgandan so‘ng boshlang‘ich holatga qaytmaydi, balki «qoldiq» cho‘zilish (siqilish) deb ataluvchi masofaga farq qiladi. Ushbu holatda prujina materiali elastiklik bosqichidan tashqarida (Guk qonuni ta’sir doirasidan tashqarida) ishlamoqda deyiladi.
Sterjenlar bo‘ylama o‘qi shaklidan kelib chiqib to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqli, siniq yoki fazoviy egilgan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Fazoviy egilgan egri chiziqli sterjenga vintli prujina misol bo‘lishi mumkin. Hisoblash sxemasini tuzayotganda sterjen ko‘ndalang kesim yuzasi shaklidan qat’iy nazar bo‘ylama o‘q ko‘rinishida tasvirlanadi. Ba’zi hollarda, ya’ni sterjen kuchlar sistemasi bilan yuklangan bo‘lsa, hisob sxemasida tashqi kuchlarni aniqroq ko‘rsatish uchun sterjen o‘zining aniq geometrik o‘lchamlari bilan tasvirlanadi. Materiallar qarshiligida sterjenlardan tashqari plastinka va qobiqlar hisobining ham eng sodda hollari ko‘riladi.
Har qanday tekis yuzada turli o‘qlarga nisbatan inersiya momentlari turlicha bo‘ladi. Shuning uchun o‘qlarga ta’riflar beriladi. Agar o‘qlar ko‘ndalang kesimning markazidan o‘tgan boMsa markaziy o‘qlar deyiladi. Undan tashqari asosiy o‘qlar ham bo‘lib, bu o‘qlarning holati markazdan qochuvchi inersiya momentining qiymatiga bog‘liq.
Kesish usuli yordamida qurilgan ichki kuchlar epyurasidan foydalanib sterjenning har bir kesimida hosil bo‘ladigan ichki kuchlarning absolyut miqdorini aniqlash mumkin. Ammo, har bir absolyut kattalik kabi ichki kuch kattaligi ham hodisani to‘liq baholashga me’yor bo‘laolmaydi. Masalan, temir yo‘l ko‘prigi fermasi sterjenida hosil bo‘luvchi bo‘ylama kuch N=5tk, material mustahkamligi nuqtai nazaridan juda ham kichik bo‘lishi, ammo shu kuch ingichkaroq po‘lat trosni muqarrar buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun materiallar mustahkamligini baholaganda nisbiy kattaliklar ishlatiladi va ular materiallar qarshiligida kuchlanish deb ataladi

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin