- millatning vatani —
millat tarqalgan va u azal-azaldan yashab kelayotgan xudud. Milliy madaniyatning kamol topishi, rivoji va
saqlanishi uchun eng asosiy tabiiy omil bu Vatandir. Uning sajdagox kabi muqaddasligining sabablaridan biri ham ana shunda. Vatansiz
milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-avlodlarga tula holda meros qolishi to`g`risida gapirish kiyin. Faqat o`z vatanidagina
millat madaniyatini cheksiz rivojlantirish, ma’naviy kamolotning yo`qsak chukqilariga tomon yetish imkoniga tula
-tukis ega bo`lishi
mumkin.
- millatning tili. Mutaxassislarning xisob-kitoblariga qaraganda, dunyoda 2000 dan ortikrok tillar mavjud. Kichik laxjalarni
qo`shib xisoblansa, bu ko`rsatkich yanada ortadi.
Т
il millatning ruxi, unga mansub kishilarning bir-biriga va dunyoga aytadigan so`zi;
millatning utmishi va merosini ifoda qilish, maqsad va istaqlarini bayon etish uslubidir.
Х
atto millat ishlatayotgan so`zlarni tahlil qilib
ham, shu millatning tarixiy takdiri va uning o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida xulosa chigarish mumkin.
- millatga mansub kishilarning ma’naviyati, axloqi va nafosati. Jahon millatni ana shu jixatlar orqali taniydi, baholaydi.
Kishilar o`zaro munosabatga kirishayotganida ham millatni
ng mentaliteti, axloqiy va ma’naviy xususiyatlarini xisobga oladi. Biror
kishi bilan munosabatga kirishilayotganida ana shu xususiyatlar xisobga olingani kabi, xalqaro munosabatlarning ham ma’naviya
t
bilan bog`liq yozilmagan qonunlari, aytilmaydigan qoidalari bor. Goxida madaniyat deyilganida, aynan ana shunday aytilmaydigan va
yozilmaydigan qonuniyatlar nazarda tutiladi.
- urf- odatlar, an’analar. O`z urf-
odat va an’analarga ega bo`lmagan millat yo`q. Ma’naviy hayotning mana shu jixatlari orqali
millatning o`zligi namoyon bo`ladi. Urf-
odat va an’analarda millatning tarixi, utmishi, madaniy merosi o`z aksini topadi. Ana shu
xususiyatlarini yo`qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yuqoladi.
-
qadriyatlar. Millatning madaniyat va sivilizatsiya jixatidan ya
ratgan barcha boylik va ma’naviy merosini ifodalaydi. Shu
bilan birga ular muayyan millatning qadr-kimmati, dunyodagi o`rni va saloxiyatini ham namoyon qiladi. O`z qadriyatlarini ko`z
qorachiqidek saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish millatga mansub har bir kishi va avlod uchun ham karz, ham
farzdir.