Bolalarda boshlanğich matematik tushunchalarni rivojlantirishning umumiy metodikasi. Bolalarda boshlanğich matematik tushunchalarni rivojlantirish pedagogik-psixologik tamoyillari, fanlararo boğliqligi.
Maktabgacha ta'lim tizimini qayta qurishning asosiy yo'na lishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e'tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta'limdir. Ma'lumki, har bir inson o'zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko'ra hayotda o'z o'rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo-etishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tizimini qayta qurishning asosiy yo'na lishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e'tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta'limdir. Ma'lumki, har bir inson o'zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko'ra hayotda o'z o'rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo-etishi mumkin.
Jamiyatdagi insonning to'laqonli faoliyati, ya'ni lining har kungi hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, undan yuqori darajadagi umumiy rivojlanish va umumiy madaniyatini takomillashib borishi talab qilinadi. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko'rsatish, fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta'lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirish vazifasi turibdi. Zamonaviy fanda matematik tushunchalarni rivojlantirishning bir necha yo'nalishlari belgilandi: falsafa bilimlarning haqqoniylik muammosini ko'rib chiqadi; mantiq tushunchani ivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o'rganiladi, psixologiya har bir bolaning mus taqil fikrlash jarayonini nimaga, qaysi fikrlash jarayoni orqali namoyon bo'lishini, inson fikrlash jarayoni yordamida noma'lumni, yangilikni topadi, degan farazni ko'rib chiqadilar; pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yo'llarini, yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
1) tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo'lishi;
2) tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo'llarini, usullarini rivojlantirish. igBtpBu muammoga, birinchidan, L, S. Vgotskiy, A. N. Leontev, SVL. Rubinshteyn, O. K, Tixomirov va boshqalarning ishlari ba- g'ishlangan. Ikkinchidan, P. Ya. Galperin, Ya.I.Grudenov, Z. I. Kalmikov, Yu. M. Kolyagin, V. A. Kruteskiy, A.M.Matyushkin, Z. I. Slekan, N. F. Talizina, L. M. Fridman vaboshqajarp'zishlaridao'rganganlar.
Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko'rib chiqib shunday xulosa mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish rbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta'lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog'lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o'z aksini albatta topadi.
Maktabgacha ta'lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o'rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko'nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko'ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi.