Simli (havo) liniyalari Ular ustunlar orasidagi yoki havoga osilgan har qanday izolyatsiya qiluvchi yoki himoya qiluvchi birikmalarsiz simlardir. Bunday aloqa liniyalari, telefon yoki telegraf signallari an'anaviy tarzda uzatiladi, ammo boshqa xususiyatlar yo'qligida ushbu satrlar kompyuter ma'lumotlarini uzatish uchun ishlatiladi. Ushbu satrlarning yuqori tezlikdagi fazilatlari va shovqinlari bundan ham yaxshiroq qoldiradi. Bugun simli aloqa liniyalari tezda kabel bilan gavjum.
Aloqa – turli vositalar yorda-mida axborotlarni uzatish va kabul ki-lish; xalq xo‘jaligining pochta, tele-fon, telegraf, radio, televideniye va boshqa orqali axborotlarni uzatish va qabul kilishni (pochta orqali buyumlar yubo-rishni ham) ta’minlaydigan tarmog‘i. A. jamiyatning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliya-tida, davlat, qurolli kuchlar va jami transport turlarini boshqarishda, shuningdek aholining madaniy-mai-shiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.Qadimda xabarlar bir manziddan ikkinchisiga choparlar, kabutarlar yor-damida yetkazilgan, ularni uzatishda shartli signallar – gulxanlar, chiroqlar, har xil ovoz chiqaruvchi asbo-blar qo‘llanilgan. Keyinchalik xabarlar yozma holda jo‘natiladigan bo‘ldi, natijada pochta aloqasi paydo bo‘ldi. Sanoat va savdo taraqqiyotining jadal sur’atlari axborotlarni tez yetkazishga imkoniyat yaratadigan yangi A. usullariga katta ehtiyojni yuzaga keltirdi. 18-asr oxirida optik A. paydo bo‘ldi, 19-asrda axborotlarni sim orqali katta tezlikda uzatishning elektr usullari kashf etildi. 1832 yilda P. L. Shilling elektr telegrafii yaratdi. 1837 yilda S. Morze elektromagnit telegraf apparatini (qarang Telegraf ayaoqasi), 1876 yilda A. G. Bell telefonii (qarang Telefon aloqasi) kashf etdi. A. taraqqiyotida navbatdagi eng muhim boskich – A. S. Popov tomonidan Simeiz aloqa – radioaloqaning yaratilishi bo‘ldi. Shundan so‘ng A. vo-sitalarining texnika taraqkiyoti tez sur’atlarda bordi, axborotlarni ishon-chli va tez uzatishi, quvvati va liniyalari soni jihatidan katta ustunlikka ega bo‘lgan yangi tizimlar paydo bo‘ldi va keng qo‘llanila boshladi. 20-asrning 60 – 70-yillarida A. vositalarining kosmik (Yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali) tizimlari yaratildi (qarang Kosmik aloqa). Qo‘llaniladigan texnika vositalari xa-rakteriga ko‘ra A. pochta A.si va elektr A.siga bo‘linadi (qarang Elektr aloqa).Hozirgi davrda A. barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ak-sariyat rivojlangan mamlakatlarda A.ni rivojlantirish ishlariga yetarli hajmda mablag‘lar sarflanadi.20-asrning 90-yillarida O‘zbekistonda rivojlangan A. korxonalari aholiga hamda xalq xo‘jaligiga pochta, tele-graf hamda mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon A. xizmati ko‘rsatadi, shuningdek respublikada radioaloqa, radioeshittirish va televideniyeni texnika vositalari bilan ta’minlaydi. Respublikaning A. majmuasi pochta, matbuottarqatish, uyali (radiotelefon) A., elektr A., kosmik yo‘ldoshlar orqali A. turlarini qamraydi. Oʻzbekiston Respublikasida idora-viy ichki A. tarmoqlari (ayrim vazirliklar, tashkilotlar hamda shaxta, zavod, xo‘jaliklarning bevosita o‘ziga qarashli A. vositalari) ham mavjud.O‘zbekiston mustaqillikka erishga-nidan keyin bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida milliy telekommunika-siya tarmog‘ini rivojlantirish va uni mustaqil boshqarish muhim vazifaga aylandi. 1992 yil 13 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining "Aloqa to‘g‘risida" qonuni qabul qilindi. Pochta A.si, axbo-rot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni yanada takommil-363lashtirish maqsadlarida 1997 yil 23 iyunda respublika Aloqa vazirligi Pochta va telekommunikatsiyalar Agentligiga ay-lantirildi. Agentlik tarkibida A.ning ishlab chiqarish-xo‘jalik, texnologik masalalari bilan shug‘ullanadigan "Mahalliy tele-kom", "Xalqaro telekom" aksiyadorlik kompaniyalari hamda "O‘zbekiston po-chtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.A. korxonalari uchun muhandislar 5 ixtisoslik bo‘yicha Toshkent elektrotex-nika aloqa instituti (1955) va uning Termiz filiali (1991)da, texniklar Toshkent aloqa kolleji (1991; 1930 – 40 yillarda O‘rta Osiyo aloqa texnikumi: 1940 – 91 yillarda Toshkent aloqa politexniku-mi), Nukus politexnikumining aloqa bo‘limida tayyorlanadi.1992 yili O‘zbekiston Xalqaro elektr-aloqa ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. Bu esa O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasida xalqaro hamkorlik qilishi uchun keng yo‘l ochdi. O‘zbekistonda A. tarmog‘ini jahon andozalariga javob be-radigan darajaga ko‘tarish uchun Xalqaro elektr aloqa ittifoqi muntazam ko‘mak berib kelmoqda. 1992–2000 yillarda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy mamlakatlarida-gi yetakchi firmalar bilan O‘zbekistonda elektr A. tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik yaxshi samara berdi.Tohir Rahimov.